Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yonayotgan zamin va Donbass frontidagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 371-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina Rossiya regionlarida 27 va 28 fevral kunlari kuzatilgan dronlar hujumlariga aloqadorligini rad etdi. Prezident ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak gap «ichki hujumlar» haqida ketayotganini aytdi. Kremldagilar bunga «ishonmadi».
- The New York Times nashri xabariga ko‘ra, Rossiya Donetsk oblastidagi Vuhledar shahri atrofida bu urushdagi eng yirik tanklar jangida yutqazgan va 130 dan ortiq tank va zirhli transportyorlaridan ayrilgan. RF mudofaa vazirligi 1 mart kungi brifingda Vuhledar atrofidagi vaziyatni tilga olmadi.
- Ukraina qurolli kuchlari Baxmutdan «strategik chekinish»ni amalga oshirishi mumkin, bu haqda Ukraina prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Oleksandr Rodnyanskiy ma’lum qildi.
- Davlat dumasiga Ukrainadagi urushning barcha ishtirokchilari, jumladan ko‘ngillilarni «obro‘sizlantirganlik» uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. Uni 2 mart kuni ko‘rib chiqishadi.
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi hisoblashicha, Rossiya kamikadze dronlarini Bryansk oblastidan uchirishni boshlagan. Bunga qadar uchuvchisiz uchish qurilmalari faqat Krasnodar o‘lkasidan uchirilayotgandi. Rossiya mudofaa vazirligi bu xabarga munosabat bildirmadi.
- Tula oblastida Aleksey Moskalyov hibsga olindi — u 2022 yil bahorida urushga qarshi surat chizgan maktab o‘quvchisi Mariya Moskalyovaning otasi hisoblanadi. U armiyani «obro‘sizlantirish» bo‘yicha ochilgan jinoiy ish figurantiga aylandi. «OVD-Info» ma’lumotiga ko‘ra, uning qizi vaqtinchalikka bolalar uyiga yuborilgan.
Chasiv Yar o‘qqa tutilishi oqibatlari
1 mart kuni Rossiya qo‘shini Chasiv Yarni o‘qqa tutdi — Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastidagi bu shahar orqali undan 13 kilometr sharqda joylashgan Baxmut shahridagi bo‘linmalariga ta’minot yetkazib beradi. Raketa zarbasi oqibatida bir necha binolar vayron bo‘lgan, bir keksa yoshli ayol halok bo‘lgan. Quyida shaharda otishma oqibatlari aks etgan suratlar.
Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi hospitali
Donbassda Rossiya qo‘shinlari yurish qilishda davom etmoqda. Ukraina bosh prokurori ofisiga ko‘ra, 1 mart kuni RF armiyasi Baxmut va Chasiv Yar shaharlarini, shuningdek Donetskdan taxminan 20 kilometr masofada joylashgan Lastochkino posyolkasini o‘qqa tutgan. Quyida ukrainlarning Donetsk oblasti hududi front chizig‘i yaqinidagi dala hospitallari aks etgan suratlar.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Donbass frontidagi rossiyalik artilleriyachilar
Donbass frontidagi ukrain jangchilari






Dniproda urush vaqtidagi akvarium
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mavzuga oid
18:01
AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch kunlik muzokaralarda o‘sishga erishilmadi
09:22
Rossiya yana Ukrainaga dronlar va raketalar bilan hujum qildi
01:22
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
21:54 / 06.12.2025