Jahon | 10:34 / 06.03.2023
6161
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya: Ukrainada yaqindan jang olib borish holatlari ko‘paydi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi navbatdagi tahliliga ko‘ra, Rossiya harbiy yetakchilari urishayotgan bo‘linmalar qo‘mondonlaridan hujumkor operatsiyalarni o‘tkazishni talab qilishda davom etmoqda, bu esa oxir-oqibat yomon jihozlangan rus piyoda askarlari ishtirokida yaqin masofadan jang olib borishga olib kelyapti. 

Foto: EPA-EFE

Misol tariqasida, 2023 yil fevral oyining oxirida Serpuxovdan safarbar qilinganlar Ukraina Qurolli Kuchlarining mustahkamlangan hududiga texnika yordamisiz, faqat o‘qotar qurollar va belkuraklar bilan hujum qilish uchun yuborilganini keltirilgan

O‘shanda rossiyaliklar katta yo‘qotishlarga uchragan. Ulardan biri: «Bu biz uchun qirg‘in bo‘ldi!.. Qanchadan-qancha askarlarimiz halok bo‘ldi va yaralandi. Biz hujumga jismoniy va ruhiy jihatdan tayyor emas edik», degandi. 

Gap, aftidan, rus askarlari tomonidan qo‘l jangi uchun ishlatiladigan va jang maydonidagi samaradorligi «ayniqsa, Rossiyada afsonalashtirilgan» sapyorlar belkuraklari haqida bormoqda, deb yozadi Britaniya vazirligi. 

«So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada yaqindan jang olib borish holatlari ko‘paydi. Bu, ehtimol, Rossiya qo‘mondonligining o‘q-dorilar yo‘qligi sababli, asosan, piyoda askarlarni o‘z ichiga olgan hujumkor harakatlarni talab qilishda davom etayotgani natijasidir», deyiladi sharhda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid