O‘zbekiston | 18:31 / 06.03.2023
15654
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev va To‘qayev nega Chimkentda uchrashgani aytildi

3 mart kuni Chimkentda Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qozog‘iston TIV matbuot kotibi Oybek Smadiyarov prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchrashuvi nima uchun Chimkentda bo‘lib o‘tganini tushuntirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Chimkentdagi norasmiy uchrashuvning sabablaridan biri shaharning O‘zbekiston chegarasiga yaqin joylashgani.

«O‘zbekiston eng yaqin hamkorlarimizdan biri va davlat rahbarlari Chimkentda uchrashishga qaror qilishdi. Chunki bu bir million aholiga ega juda katta shahar, O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan. Bizda savdo faol rivojlanmoqda, tranzit salohiyati ham mavjud. Shuning uchun Qozog‘istonning boshqa shahrida emas, balki Chimkentda uchrashuv o‘tkazilishi mantiqan to‘g‘ri», deb Smadiyarov so‘zlarini keltirdi Tengrinews.

Eslatib o‘tamiz, 3 mart kuni Chimkentda Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida o‘tgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati va mustahkamlash istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

Shuningdek, tomonlar Qosim-Jo‘mart To‘qayevning 2022 yil dekabr oyida Toshkentga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.

Mavzuga oid