Possovet mamlakatlari Rossiyaga qarşi sanksiyalarni çetlab ötişda yordam beryaptimi?
|22:24 / 12.03.202356 06910 min
Xitoy, Armaniston, Turkiya, BAA, şuningdek Markaziy Osiyodagi ayrim davlatlar taqiqlangan tovarlarni Rossiyaga noqonuniy yetkazib beriş uçun «transport punktlari» vazifasini bajarayotgan bölişi mumkin. AQŞ Rossiyaga qarşi sanksiyalarni çetlab ötişga qarşi kuraşişda tavsiyalar berdi va şubhali ötkazmalarga e’tiborli bölişga çaqirdi.
Köplab davlatlar Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç u bilan iqtisodiy aloqalarni uzdi va Rossiya iqtisodiga zarba beriş uçun sanksiyalar joriy qildi. Yevropa Ittifoqi, AQŞ va Buyuk Britaniya Rossiyaga qarşi jiddiy iqtisodiy çeklovlar kiritdi, mamlakatning yuzlab badavlat şaxslari va hukumat amaldorlarini sanksiyalar röyxatiga qöşdi hamda Moskvani xalqaro moliya tizimidan sezilarli darajada uzib qöydi. Şuningdek, Rossiyaga ilğor texnologiyalar eksporti töxtatildi va Rossiya aviakompaniyalarining Ğarbga parvozlari taqiqlandi.
Kollektiv Ğarb yevrohududdan Rossiyaga qöşni davlatlarga eksport keskin ösayotganini qayd etgan. Ularning şubhalanişiça, bu Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni aylanib ötişga uriniş bölişi mumkin. Rossiya kompaniyalariga yordam berayotgan uçinçi davlatlar taşkilot va şaxslariga nisbatan ikkilamçi sanksiyalar tahdidi kundan kunga ortmoqda. Özbekiston ham Rossiya uçun sanksiyalardan qoçiş yölaklaridan birimi?
Iqtisodiy sanksiyalar va ularning mohiyati
Iqtisodiy sanksiyalar bu – xavfsizlik yoki taşqi siyosat masalalari bilan boğliq ma’lum maqsadlarga erişiş uçun savdo va moliyaviy operatsiyalarni çeklaş yoki töliq töxtatiş. Sanksiyalar ham alohida davlatlar, ham xalqaro taşkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarga, taşkilotlarga yoki davlatlarga nisbatan qöllanişi mumkin. Sanksiya joriy qilgan va sanksiyaga uçragan mamlakatlar örtasida iqtisodiy boğliqlik qançalik yuqori bölsa, çeklovlar ham şunçalik samarador hisoblanadi.
AQŞ iqtisodiy sanksiyalardan eng köp va faol foydalanadigan mamlakat bölib, buni asosan dollarning jahon iqtisodiyotidagi hukmron roli bilan izohlaş mumkin. Xalqaro hisob-kitoblarda dollarning yuqori uluşi sanksiyalar rejimlarining buzilişini aniqlaşda muhim ahamiyat kasb etadi va Qöşma Ştatlar joriy qilgan çeklovlarni çetlab ötiş ehtimolini minimallaştiradi.
Yevropa Ittifoqi xavotirlari
Yevroittifoqning sanksiyalar ijrosi böyiça xalqaro maxsus vakili Devid ÖSallivanning sözlariga köra, Rossiyaga eksport hajmini oşirayotgan ayrim davlatlarga Yevropa Ittifoqidan ham eksportning «şubhali» ösişi qayd etilgan.
ÖSallivanning ta’kidlaşiça, bu nimadir notöğri ketayotganini körsatişi mumkin. Misol tariqasida u Serbiya, Turkiya, Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston, şuningdek, Birlaşgan Arab Amirliklarini keltirib ötgan.
Mavzuga oid
«Gap bu mamlakatlarni tanqid qiliş emas, balki ular bilan yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilişda. Ittifoqçilarimizdan farqli ölaroq, bu davlatlar sanksiyalarga qöşilmaslik yölini tanladi, lekin ular sanksiyalarni çetlab ötişga yordam berişni istamasligini aytdi. Biz ularning öz va’dasiga amal qilayotganini tekşiramiz, nima bölayotganini, qanday çoralar körilayotganini örganamiz», degan u.
Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki tahliliga köra, Armaniston va Qirğizistonga ğarb mamlakatlaridan import hajmi ham, uşbu mamlakatlardan Rossiyaga eksport hajmi ham keskin oşgan.
«2022 yil may-iyul oylarida inflatsiyani hisobga olgan holda Rossiyaga Yevropa Ittifoqi, AQŞ va Buyuk Britaniyadan eksport 2017-2019 yillardagi örtaça körsatkiç bilan soliştirganda ikki baravardan köproqqa kamaygan. Öz navbatida, Yevropa va AQŞdan Armaniston va Qirğizistonga eksport hajmi 80 foizdan köproqqa oşgan. Bu ikki davlat, öz navbatida, xuddi şu davrda Rossiyaga eksportini ikki barobardan köproqqa köpaytirgan. Yevropa Ittifoqidan Markaziy Osiyoga avtomobillar, elektronika, qişloq xöjaligi texnikasi va nasoslar eksporti asosan Qozoğiston hisobiga oşdi», deyiladi YeTTB hisobotida.
Euromonitor International 2022 yil martidan noyabrigaça Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga tovarlar eksporti 2021 yilning mos davriga nisbatan 47 foizga (36,3 milliard yevrogaça) kamayganini qayd etgan. Şu bilan birga, Rossiyaga qöşni bölgan MDH davlatlariga (Belarus, Armaniston, Gruziya, Qozoğiston, Özbekiston va Qirğizistonga) Yevropa tovarlarini yetkazib beriş 48 foizga oşgan (20,3 milliard yevrogaça).
Qayd etilişiça, çeklov örnatilganidan keyin Yevropa Ittifoqidan ba’zi tovarlarni Rossiyaga yetkazib beriş 71 foizga kamaygan. Biroq aynan şu tovarlarni Rossiyaga qöşni bölgan olti davlatga eksport qiliş 95 foizga oşgan.
AQŞ ehtiyot bölişga çaqirmoqda
AQŞ Savdo vazirligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan tuzilgan sanksiyalarni çetlab ötişga qarşi kuraşiş böyiça tavsiyanomalar e’lon qilindi. Departamentlar birinçi navbatda Amerika mahsulotlari yoki çeklovlarga duçor bölgan boşqa tovarlar bilan savdo qiluvçi kompaniyalarni huşyor bölişga çaqirdi. Şuningdek, sanksiyalar buzilişi belgilari mavjud bölsa, qöşimça tekşiruvlar ötkazişni tavsiya qildi.
Sanksiyalarni çetlab ötişga uriniş bölişi mumkinligini körsatadigan belgilar («qizil bayroqlar») quyidagilar:
xaridor mahsulotdan nima maqsadda foydalanmoqçi ekani haqidagi ma’lumotni berişni istamasligi, şu jumladan maxsus hujjatni töldirişdan boş tortişi;
xalqaro bank ötkazmalari uçun qalbaki kompaniyalardan foydalaniş;
sotib olingan tovarlarni örnatiş, örgatiş yoki texnik xizmat körsatişdan boş tortiş;
mijozning IP-manzili va u tomonidan körsatilgan manzil örtasidagi farq;
internetda kam tavsiflangan yoki umuman notaniş taşkilotlar bilan operatsiyalar;
tovarlarni Xitoy (şu jumladan Hongkong va Makao), şuningdek, Rossiyaga yaqin bölgan boşqa mamlakatlar – Armaniston, Turkiya, Özbekiston orqali yetkazib beriş;
xaridorga aloqador bölmagan kompaniyadan tölovni qabul qiliş va boşqalar.
AQŞ hukumati sanksiyalarni çetlab ötiş uçun tranzit nuqtasi sifatida foydalaniş mumkin bölgan davlatlardan Xitoy, Armaniston, Turkiya va Özbekistonni alohida ajratib körsatgan.
«Har qanday korxonalar örnatilgan tartibga muvofiq harakat qilişlari kerak, aks holda ular va ularning biznes şeriklari javobgarlikka tortilişi mumkin», deyiladi hujjatda.
Özbekiston uçun xatarlar
Özbekistonning sanksiyaga uçragan mahsulotlarni Rossiyaga olib ötişda tranzit bölişi mumkin bölgan «şubhali» davlatlar qatoriga qöşilişi öz taşqi savdo yönalişlarini diversifikatsiya qilişga urinayotgan rasmiy Toşkent imijiga salbiy ta’sir körsatadi. Öz navbatida, istiqbolda AQŞ va Yevropa Ittifoqi bozorlarida faoliyat yurituvçi kompaniyalar rossiyalik kontragentlar bilan hamkorlik qilişda çeklovlar xavfini çuqur tahlil qilişlari kerak böladi.
Banklar moliyaviy xizmatlarini taqdim etiş orqali butun iqtisodiyotda köprik rolini öynaydi. Şu jihatdan, birinçi navbatda Özbekistondagi tijorat banklarining sanksiyalarga uçragan Rossiya taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş jarayonida ikkilamçi sanksiyalarga tuşib qoliş ehtimoli hamon yuqoriligiça qolmoqda.
Avvalroq, Markaziy bankning Bank nazorati qömitasi tomonidan «Kapitalbank», «Anorbank» va «Ravnaq-bank» iqtisodiy sanksiyalar va eksportga taqiqlar bilan boğliq xatarlarni boşqarişga doir yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlaşda kamçiliklarga yöl qöygani sababli ogohlantirilgandi.
Kun.uz yuqoridagi 3 ta bank aynan qanday kamçiliklarga yöl qöyganiga oydinlik kiritiş maqsadida Markaziy bank axborot xizmati bilan boğlandi, ammo bu borada qöşimça ma’lumotlar oçiqlanmasligi ma’lum qilindi.
Sanksiya xatarlarini minimallaştirişi mumkin bölgan omillardan biri dollar örniga milliy valutalarda özaro hisob-kitoblarga ötiş bölişi mumkin. Ammo şartli rublda savdo qiliş, birinçi navbatda, rublni mustahkamlaşga yordam beradi. Bu esa köproq Özbekiston ziyoniga xizmat qilişi mumkin.
Mutaxassislar fikriga köra, Markaziy Osiyodagi distribyutorlar bilan işlaş sanksiyalarni aylanib ötib, Rossiyaga mahsulot olib kirmoqçi bölayotgan kompaniyalarga xavfni kamaytiriş imkonini beradi. Bu esa yaqin va örta istiqbolda bu kabi amaliyotlar köpayişi ehtimollarini oşiradi.
Özbekiston esa Rossiyaga sanksiyalarni çetlab ötişda yordam bera oladigan kam sonli davlatlar qatoriga kiradi, biroq buning natijasida Özbekistonning özi oğriqli ikkinçi darajali sanksiyalar ostida qolişi mumkin. Şu jihatdan, bundan keyingi davrda tegişli davlat taşkilotlari tijorat banklari va taşqi savdo faoliyatini amalga oşiruvçi kompaniyalarni ikkilamçi sanksiyalar xavfi töğrisida xabardor qiliş böyiça işlarni taşkil etişi va nazoratni kuçaytirişi zarur.
Uruş boşlanganidan buyon AQŞ Davlat departamenti faqat bir marta, sanksiyalar rejimini buzgani uçun Özbekistonda röyxatdan ötgan «Promcomplektlogistic» kompaniyasiga nisbatan çeklovlar joriy qilgan.
Rossiya – jahondagi eng köp sanksiyalar ostidagi davlat
2023 yilning 16 fevral holatiga köra, Rossiyaga nisbatan 14 ming 81 ta sanksiyalar joriy etilgan. Bu KXDRga nisbatan sanksiyalar sonidan 7 barobar, Eronga qöllangan sanksiyalarga nisbatan 3,5 barobar köp.
Ğarb sanksiyalari va narxlarning yuqori çegarasi joriy etilişi ortidan Rossiyaning 2023 yil yanvarida neft va gaz eksportidan daromadlari ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 40 foizga qisqargan.
Ma’lumot uçun, Yevropa Ittifoqining Rossiya neft mahsulotlarini dengizga yetkazib berişni taqiqlaşi 5 fevraldan kuçga kirdi. 2022 yil 5 dekabrdan Rossiyaning Yevropa Ittifoqiga neft yetkazib berişiga embargo amal qilyapti. Şu bilan birga, Yevropa Ittifoqi va «Katta yettilik» mamlakatlari uçinçi davlatlarga sotiladigan Rossiya neftining bir barreliga 60 dollar, Rossiya neft mahsulotlariga esa xomaşyo turiga qarab bir barrel uçun 45 va 100 dollar miqdorida narx çegarasini belgiladi.
Ukrainaga bosqin boşlanganidan keyingi davrda Rossiya uçun neft eksportini deversifikatsiya qiliş imkoniyati çeklanib, Hindiston va Xitoyga boğliqlik nihoyatda kuçaygan. 2023 yil yanvar oyidagi körsatkiçlarga köra, Rossiya neft eksportining 57 foizi (Xitoy – 31 foiz, Hindiston – 26 foiz) uşbu ikki mamlakat hissasiga töğri kelgan. 2021 yil aprel oyida bu körsatkiç 10 foizni (Xitoy – 9 foiz, Hindiston – 1 foiz) taşkil etgandi. Ayni paytda Rossiyada bu ikki bozordagi talab özgarişiga qarşi kuçli instrumentlar mavjud emas.