Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova hukumati qatl etilgan Ukraina jangchisini o‘z fuqarosi deb atadi
Aleksandr Matsiyevskiy «Ukrainaga shon-shuhrat» degani uchun otib o‘ldirilgan edi.
«Ukrainaga shon-shuhrat» degani uchun otib o‘ldirilgan Ukraina Qurolli kuchlari askari Aleksandr Matsiyevskiy aslida Moldova fuqarosi edi. Bu haqda Moldova Tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vazirligi xabar berdi.
Idora fikriga ko‘ra, Matsiyevskiyning qatl etilishini harbiy jinoyat sifatida baholash mumkin.
«Ukraina tomoni Rossiya harbiylari tomonidan qatl etilgan ukrainalik askar Aleksandr Matsiyevskiy ekanini tasdiqlaganidan so‘ng, Moldova TIV o‘z fuqarosining o‘ldirilishini keskin qoralaydi. Bu harbiy jinoyat va xalqaro gumanitar qonunlarning qo‘pol buzilishi sifatida baholanishi mumkin», deyiladi TIV bayonotida.
Mart oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda «Ukrainaga shon-shuhrat» degan harbiy asirning qatl etilishi aks etgan video tarqaldi. Dastlab bu shaxs Timofey Shadura ekani aytildi.
Keyinroq Ukraina Qurolli Kuchlari va Xavfsizlik xizmati vakillari marhumning Chernigov viloyati hududiy mudofaasi jangchisi Aleksandr Matsiyevskiy ekanini ma’lum qildi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Matsiyevskiy Kishinyovda tug‘ilgan. 2008 yilda u oilasi bilan Ukrainaning Chernigov viloyatiga ko‘chib o‘tgan. Urush boshlanishi bilan ko‘ngilli sifatida harbiy xizmatga yozilgan.
12 mart kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy jangchi Aleksandr Matsiyevskiyga Ukraina Qahramoni unvoni berilganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026