Bugun sovet davrini yomonlaydiganlar ham, «gugurt bir tiyin edi» deb maqtaydiganlar ham yetarliça topiladi. Bu davlatga baho berganda Gabriel Garsiya Markesning maşhur gapi esga tuşadi.

1957 yilda Moskvada ötkazilgan xalqaro yoşlar va talabalar festivaliga kelgan yozuvçi «Sovet xalqi va hukumatining baxti şundaki ular qançalik yomon yaşayotganlarini özlari bilişmaydi» deydi.

Öşanda bu gapidan keyin Markesning barça kitoblari magazinlardan, kutubxonalardan yiğiştirib olingan deyişadi.

1975 yilda Moskvadagi muz saroyida sodir bölgan fojia ham qaysidir ma’noda SSSRda odamlar qanday yaşaganini körsatib beradi.

Öşanda kanadalik xokkeyçilar tomoşabinlar ötirgan tribunaga saqiçlar soçişadi. Saqiçlar uçun talaşgan asosan yoşlardan iborat odamlar tiqilinçni yuzaga keltirişadi va bir-birini bosib öldiradi.

Foto: forum.b92.net

Hodisadan avval

1975 yil boşida Kanadaning Ontario provinsiyasidan «Barrie Coop» ösmirlar xokkey jamoasi SSSRga tenqurlari bilan örtoqlik uçraşuvlarini ötkaziş uçun keladi.

Safar davomida SSSR ösmirlar terma jamoasi va «Spartak» bilan ikkitadan, «Krilya sovetov» jamosi bilan bitta, jami beşta öyin ötkaziş reja qilingan edi.

Jamoaning safariga AQŞning dunyoga maşhur turli saqiçlar işlab çiqaruvçi Wrigley kompaniyasi homiylik qiladi. (Orbit saqiçlarini ham şu kompaniya işlab çiqaradi)

Şartnomaga köra kompaniya kanadalik xokkeyçilarning har biriga 15 kilogrammli quti töla saqiç beradi. Xokkeyçilar safar davomida ularni bepul tarqatişlari kerak edi. Kanadaliklar delegatsiyasida kompaniya vakili ham bölib, unga saqiçlarning tarqatilişini nazorat qiliş topşirilgandi.

Öşa paytlarda SSSRda saqiç işlab çiqarilmas, sovet öquvçilari uçun xorij saqiçlari noyob narsa edi. Ular hatto Moskva köçalarida yurgan çet ellik sayyohlardan tortinmay saqiç söraşgan.

Maktablarda öquvçilarning sayyohlardan saqiç sörab mamlakat obrösini tökişlarining oldini oliş uçun çoralar körilgan. Öquvçilarga saqiçlarning zarari va ular keltirib çiqaradigan kasalliklar haqida tarbiyaviy darslar ötilgan.