Jahon | 21:07 / 15.03.2023
6329
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Britaniya sudining yevrobondlar bo‘yicha qarorini olqishladi

Ukraina prezidenti Britaniya Oliy sudi Moskva talablarini qondirishdan bosh tortganini «tajovuzkor ustidan hal qiluvchi g‘alaba» deb atadi.

Foto: Getty Images

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Buyuk Britaniya Oliy sudining Rossiyaning yevrobondlar bo‘yicha 3 milliard dollarlik qarzini o‘z mamlakati foydasiga undirish bo‘yicha qarorini olqishladi. Zelenskiy 15 mart, chorshanba kuni Moskvaning ushbu ish bo‘yicha yengillashtirilgan sud majlisida qaror qabul qilish talabini qondirishdan bosh tortilganini «bosqinchi ustidan hal qiluvchi g‘alaba» deb atadi.

Bir necha yil oldin, 2016 yil 17 fevralda Rossiya manfaatlarini himoya qilgan The Law Debenture Trust Corporation plc Angliya va Uels Oliy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgandi. U Ukrainadan yevroobligatsiyalar bo‘yicha qarzlarni undirishni so‘ragan.

2017 yil 29 martda sud ushbu da’voni tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishni ma’qullab, Kiyevning asosiy e’tirozlarini rad etdi va uning yevrobondlar bo‘yicha majburiyatlari borligiga rozi bo‘ldi. Sud Ukrainaga Rossiyaga 3 milliard dollar miqdoridagi obligatsiyalarning nominal qiymatini, 75 million dollar miqdorida to‘lanmagan kupon to‘lovi miqdorini, shuningdek, kechiktirilgan har bir kun uchun penya foizlarini va ish yuritish xarajatlarining bir qismini to‘lash majburiyatini yukladi. 

Biroq sud Ukrainaga ushbu hukm ustidan shikoyat qilish huquqini berdi. O‘z navbatida, apellyatsiya sudi birinchi instansiya sudining ishni to‘liq ko‘rib chiqish haqida qaror chiqardi. 

Kiyevning ta’kidlashicha, Viktor Yanukovich prezidentligi davrida obligatsiyalar Rossiya harakatlari bosimi ostida chiqarilgan. 2013 yil dekabr oyida Ukraina Rossiyadan 3 milliard dollar miqdorida kredit olgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid