Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Yevropa Ittifoqida snaryadlar ishlab chiqarish uchun porox yetishmayapti
Yevropa Ittifoqida Ukraina uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarish portlovchi moddalar taqchilligi tufayli kechikmoqda, deb yozadi FT.

Foto: AP
Yevropa davlatlari porox va boshqa portlovchi moddalar taqchilligi tufayli Ukraina uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarishni oshira olmayapti, ularni tezda to‘ldirib bo‘lmaydi. Bu haqda 19 mart, yakshanba kuni rasmiylar va ishlab chiqaruvchilarga tayanib, Financial Times nashri xabar berdi.
«Qisqa vaqt ichida artilleriya o‘q-dorilarini, ayniqsa yirik kalibrlilarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish juda qiyin. Yangi artilleriya zavodi juda oddiy narsa, ammo xomashyosiz qanday qilib ko‘proq artilleriya snaryadlarini ishlab chiqarish mumkin?» - deya Chexiya mudofaa va xavfsizlik sanoati assotsiatsiyasi raisi Yirji Xinekning so‘zlaridan iqtibos keltirgan FT.
Yevropa mudofaa sanoati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropada snaryadlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan porox, trotil va nitrosellyuloza kabi portlovchi moddalarning cheklangan zaxiralari mavjud. Nitrosellyuloza ishlab chiqarishni qisqa vaqt ichida oshirish mumkin emas, deb tan olgan qurol kompaniyasi vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, porox ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun kompaniyaga uch yil kerak bo‘ladi.
Ispaniya va Chexiyadagi snaryad zavodlari vakillari FT'ga ularning quvvatlari allaqachon yuz foiz to‘lganligini aytishdi. «Yevropada trotil va nitrosellyuloza kabi materiallar ishlab chiqaradigan zavodlar ko‘p emas va ular ham 100 foiz yuklangan, shuning uchun biz Hindiston, Koreya va boshqa mamlakatlardan xomashyo qidirishni boshlashimiz kerak», dedi Ispaniyaning Fábrica Municiones de Granada (FMG) shirkati bosh direktori Antonio Karo.
Bundan tashqari, talabning ortishi allaqachon portlovchi moddalar va snaryadlar narxini oshirgan, deya tushuntirdi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, urush boshlangandan beri asosiy xomashyoning narxi «ikki baravar, ayrim hollarda esa uch baravar oshdi». Bu, o‘z navbatida, o‘q-dorilar narxining 20 foizga oshishiga olib keldi.
Bryussel fevral oyidan beri Ukraina uchun snaryadlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish yo‘llarini muhokama qilmoqda hamda YeIga o‘z ishlab chiqarishini ko‘paytirish va zarur bo‘lgan narsalarni Kiyevga o‘tkazish imkonini beradigan yangi moliyalashtirish dasturini ishlab chiqmoqda, dedi Yevropa Ittifoqining tashqi va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Myunxen xalqaro xavfsizlik konferensiyasida. U Yevropa Ittifoqini o‘z harbiy sanoatining ishlab chiqarish quvvatini oshirishga chaqirdi.
Mart oyida Ukrainaga o‘q-dorilarni yetkazib berishni tezlashtirish bo‘yicha keng qamrovli reja e’lon qilindi. Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas protsedurani COVID-19 pandemiyasi davrida vaksinalarni sotib olish bilan taqqosladi - Yevropa Ittifoqi davlatlari mudofaa sanoati uchun yirik shartnomalarga kelishilgan holda mablag‘ ajratadi. Mart oyi boshida Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘z qurolli kuchlari va Ukraina armiyasi uchun o‘q-dorilarni birgalikda to‘ldirishga 2 milliard yevrolik kelishuv bo‘yicha takliflar tayyorlagan edi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

23:12 / 21.07.2025
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?

13:48 / 19.07.2025
YeI Rossiyaning 22 ta banki va rejisser Shaxnazarovga qarshi sanksiyalar kiritdi

13:47 / 19.07.2025
YeI RFPI va uning shu’ba korxonalari bilan operatsiyalarni to‘liq taqiqladi

22:58 / 18.07.2025