Daniya Nord Stream'ga «Shimoliy oqim» yonida topilgan obektni ko‘tarishni taklif qildi
Daniya katta ehtimol bilan dengiz belgisi (suvda sayozlik, yo‘lni ko‘rsatadigan qalqovich belgi) topildi, deb hisoblayapti. Ammo gipotezani tasdiqlash uchun Nord Stream 2 AG kompaniyasi operatsiyada ishtirok etishga taklif qilindi.
Daniya energetika agentligi (DEA) portlagan «Shimoliy oqim-2» gaz quvuri yaqinida noma’lum obekt topilgani haqida xabar berdi va Nord Stream 2 AG kompaniyasini uni suvostidan ko‘tarish operatsiyasida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda DEA saytida 23 mart, payshanba kuni xabar berildi.
Topilgan buyum silindrsimon shaklga ega, uning balandligi taxminan 40 sm, diametri esa - 10 sm. Agentlik uni dengiz qalqovich belgisi bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u «xavfsizlikka bevosita tahdid solmaydi». «Obektning mohiyatini yanada oydinlashtirish maqsadida Daniya hukumati uni Daniya Mudofaa vazirligi ko‘magida ko‘tarishga qaror qildi. Shu munosabat bilan Daniya energetika agentligi Nord Stream 2 AG gaz quvuri egasini olishga operatsiyada qatnashishga taklif qildi», - deyiladi regulyator bayonotida. «Gazprom» Nord Stream AG kapitalida 51 foizni nazorat qiladi.
Hozircha kompaniyadan javob olinmagan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘rovni izohlab: «Quvur egasining tergovning juda muhim bosqichlarida ishtirok etishga taklif qilingani shubhasiz ijobiy yangilik», dedi.
Mart oyi o‘rtalarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Gazprom» kemasi portlash joyidan 30 km uzoqlikda, «Shimoliy oqim» quvuri yaqinida noma’lum obekt topgani haqida ma’lum qilgan edi. Putin uni «ustun» deb atadi va u «portlovchi moslamani ishga tushirish signalini qabul qilish uchun antenna» bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
«Biz Daniya rasmiylaridan mustaqil ravishda yoki ular bilan birgalikda, to‘g‘rirog‘i, shunday chuqurlikda ishlay oladigan ekspertlar va portlovchi moddalar mutaxassislaridan iborat xalqaro guruh tuzib, kerakli tadqiqotlarni o‘tkazish uchun ruxsat olmoqchimiz. Portlovchi qurilma, agar mavjud bo‘lsa, albatta, zararsizlantirilishi lozim», dedi Putin. U Daniya rasmiylari Rossiyaning so‘rovini qabul qilib, javob qaytarishga va’da berganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
2022 yil 26 sentabrda «Shimoliy oqim»ning ikkita tarmog‘ida, keyin esa «Shimoliy oqim-2»da jami to‘rtta sizib chiqish joyi aniqlangan. Bungacha Shvetsiya va Daniyadagi seysmologik stansiyalar xuddi shu hududda kuchli suvosti portlashlarini qayd etgan.
Germaniya, Daniya va Shvetsiyada hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Portlash sabablari haqida hali ishonchli ma’lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
22:33 / 07.12.2024
Olimlar Daniya poytaxti suv ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirdi
17:05 / 07.12.2024
Ukraina Daniyadan F-16 qiruvchi samolyotlarining ikkinchi partiyasini qabul qilib oldi
00:04 / 03.12.2024
Daniya hukumati Kopengagen aeroportini 4,5 mlrd dollarga sotib oldi
20:54 / 30.11.2024