Qoraqalpoğiston sudining Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati Amanbay Sagidullayev (Norvegiyada yaşaydi) va Niyetbay Urazbayevga (Qozoğistonda yaşaydi) nisbatan jinoyat işini körib çiqişga kirişdi. Oliy sud axborot xizmati sud jarayoni oçiq tarzda bölib ötayotganini ma’lum qildi.

Ayni paytda Norvegiyada yaşovçi 55 yaşar Amanbay Sagidullayev hamda Qozoğistonda istiqomat qiluvçi 53 yaşar Niyetbay Urazbayev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28 orqali (jinoyat iştirokçilik), 104- (Badanga qasddan oğir şikast yetkaziş), 158- (Özbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qiliş), 159- (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz), 244- (Ommaviy tartibsizliklar) va 244-1-moddalarida (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Qayd etilişiça, sudlanuvçilar Özbekiston Respublikasi hududidan taşqarida bölganligi va ularni sudga keltiriş imkoni yöqligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 410-moddasiga asoslanib, uşbu jinoyat işi böyiça sud muhokamasi sudlanuvçilarning iştirokisiz ötkazilmoqda.
Ma’lumot uçun, Jinoyat protsessual kodeksining 410-moddasiga köra sudlanuvçi sud majlisiga kelmasa, işni muhokama qiliş keyinga qoldirilişi lozim. Sudga kelmagan sudlanuvçini sud majburiy keltirişga, şuningdek unga nisbatan ehtiyot çorasini qöllaşga yoki ehtiyot çorasini özgartirişga haqlidir.
Işning sudlanuvçi iştirokisiz muhokama qilinişiga sudlanuvçi Özbekiston Respublikasi hududidan taşqarida bölgan va sudga kelişdan böyin tovlagan, uning yöqligi iş böyiça haqiqatni aniqlaşga monelik qilmagan taqdirdagina yöl qöyilişi mumkin.
IIV saytidagi qidiruvdagi şaxslar röyxatida keltirilişiça, Sagidullayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 167- (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 205- (










