26 dekabr kuni Nukus voqealari böyiça tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi. Ma’lum qilinişiça, Oliy Majlis palatalari kengaşlarining 2022 yil 15 iyuldagi qöşma qarori bilan Ombudsman Feruza Eşmatova boşçiligida 14 nafar deputat, senator, nodavlat taşkilotlar va jamoatçilik vakillaridan taşkil topgan komissiyaning Qoraqalpoğistonda röy bergan voqealar yuzasidan axboroti Parlament palatalari kengaşlari qöşma yiğilişida körib çiqilgan.

Komissiya Qoraqalpoğistonda yuz bergan voqealarning kelib çiqiş sabablari, xronologiyasi va oqibatlari, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etişda davlat idoralari va huquq-tartibot organlarining harakatlariga baho bergan. Şuningdek, voqealar iştirokçilariga nisbatan sud majlislarini kuzatib, 30 nafar sudlanuvçi komissiya iltimosiga köra sud zalidan ozod etilgan. «Sudlanuvçilar saqlanayotgan tergov hibsxonalariga monitoring taşriflarini amalga oşirdi, şuningdek voqealardan keyin Qoraqalpoğistonda amalga oşirilgan ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlarni kuzatib bordi», deyiladi axborotda.

Komissiya faoliyatida fuqarolardan kelib tuşgan jami 600 dan ortiq murojaat ijobiy hal etilgan, 50 dan ortiq davlat va nodavlat taşkilotlarga taşrifi davomida 590 nafar xodim, 334 nafar qamoq jazosini ötab çiqqan şaxslar bilan suhbatlaşilgan.

«Jinoyat işi doirasida sudgaça qamoqqa olingan jami 168 nafar şaxsning 107 nafari (2 nafar ayol) Komissiya iltimosnomasiga köra oilasiga qaytarildi. Komissiya BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi va boşqa xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik qildi, şuningdek xalqaro nohukumat taşkilotlar, ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda bölib turdi».

Ma’lum qilinişiça, Qoraqalpoğistonda yuz bergan voqealarning iştirokçilaridan 943 nafari huquqbuzarliklar sodir etgani uçun ogohlantirilgan, 6 135 nafariga ma’muriy jarima, 2 639 nafariga ma’muriy qamoq jazosi belgilangan, 61 nafari jinoyatlar sodir etgani aniqlangan.

«Tartibsizliklar natijasida fuqarolar va huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlarining oğir tan jarohati olişi va halok bölişi, şuningdek, fuqarolar va davlat idoralarining mol-mulkiga katta miqdorda (6,8 mlrd söm) moddiy zarar yetgani ma’lum böldi», deyiladi komissiya xabarida.

Şuningdek, komissiya huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan ommaviy tartibsizliklarni ma’muriy binolardan uzoqlaştiriş va tarqatib yuboriş, ma’muriy bino va strategik obektlarni egallaşga urinişlarni bartaraf etiş maqsadida xalqaro amaliyotda qöllanadigan vositalar – suv va rangli suyuqlik purkovçi texnika, közdan yoş oqizuvçi maxsus granatalardan foydalanilganini bildirgan.