Oliy sud xabariga köra, jinoyat işi Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinçi instansiya sudida körib çiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga köra:

Islam Polatov Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlaş) qöllanib, 59 (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş), 60 (bir neça hukm yuzasidan jazo tayinlaş) moddalari tartibida 5 yil;

Polat Yesengeldiyev Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllanib, 59-moddasi tartibida 6 yil;

Kamal Yeşjanov va Islambek Aitmuratov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllanib, 6 yildan;

Nursultan Baylepesov va Alpamys Jumabekov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 28,247-moddasi (öqotar qurolni, öq-dorilarni, öqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovçi moddalarni, portlatiş vositalarini yoki portlatiş qurilmalarini qonunga xilof ravişda egallaş) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllanib, 59-moddasi tartibida 6 yildan;

Dauletkeldi Nadirbayev, Adilbek Sariyev, Kongratbay Bekpolatov, Ruslan Baimbetov, Quanyşbay Baxiyev, Islam Saparov, Zairbek Pirjanov, Raximjan Jumabayev, Aydos Yesemuratov, Kuanyşbay Begaliyev va Manas Raxmanov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllanib, 7 yildan;

Nusret Bauyetdinov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllanib, 7 yil 6 oy;

Nursultan Duysenbayev Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 28,247-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllanib, 59-moddasi tartibida 7 yil 6 oy;