Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘ZLIDEP: “Xususiy mulk daxlsizligi – erkinlik kafolati”

Shu kunlarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turli davra suhbatlari, uchrashuvlar, event tadbirlari tashkil qilinmoqda.
Tashviqot tadbirlarining navbatdagisi O‘zLiDeP Bektemir tuman kengashi tashabbusi bilan Qo‘yliq ulgurji bozori hududida, ochiq osmon ostida tashkil qilindi.
“Xususiy mulk daxlsizligi - erkinlik kafolati” shiori ostidagi ushbu tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman kengashi deputatlari, bozorning sotuvchi va tadbirkorlari, keng aholi aholi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘z olgan partiya vakillari bugun barcha sa’y-harakatlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgani, Bosh qomusimizga kiritiladigan jamiki o‘zgarishlarning negizida ham O‘zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganini alohida ta’kidlashdi.
Xalq fikrini o‘rganish asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, O‘zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlari qatoriga kirishiga ulkan imkoniyatlar yaratadi.
Bosh hujjatni takomillashtirish tashabbusi bilan chiqqan partiya fraksiyasi Konstitutsiyaviy komissiya va joylardagi deputatlar, elektorat bilan birgalikda faol ish olib bordi. Ayniqsa partiyaning asosiy elektorati bo‘lgan, tadbirkorlar, ishbilarmonlar, klaster va fermerlar loyihaning muhokamasiga befarq bo‘lmadi, ko‘plab takliflar berishdi, bu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashdi. Siyosiy kuchning dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib berilgan takliflar qonun loyihasida aks etgani alohida e’tirofga loyiq.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu o‘zgarishlarning aksariyati tadbirkorlar, fermerlar uzoq kutgan, mulkdorlar qatlami uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Masalan, loyihada davlatning bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyatlari belgilanyapti. Shuningdek, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi, tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni mustaqil tanlashi va amalga oshirishga haqli ekanligi kafolatlanishi katta ahamiyatga molik. Mol-mulk, uy-joy daxlsizligi masalasini Bosh qomusimizda belgilash – partiya a’zolari va elektorati uchun ayni muddao bo‘lyapti. Mol-mulk daxlsizligining yuksak darajada kafolatlanishi ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni ham rag‘batlantiradi. Shu bois, uni hech ikkilanmasdan xalq Konstitutsiyasi deyish mumkin.
Tadbirda partiya faollari, tadbirkor, ishbilarmon, faxriylar, yoshlar ham so‘zga chiqib, xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi. Tadbir konsert dasturiga ulandi, estrada xonandalarning kuy-qo‘shiqlari tadbir qatnashchilariga zavq ulashdi.
Ochiq osmon ostidagi targ‘ibot tadbirlari respublika bo‘ylab davom etadi.
O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi
matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:34
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
Mavzuga oid

13:40 / 14.01.2025
O'zLiDeP ishchi guruhi Jizzaxda tadbirkorlar va saylovchilar muammolarini o‘rganmoqda

13:24 / 14.11.2020
«Qonun qabul qilganimiz bilan ko‘ryapmiz, bu amalda ishlamayapti-ku». Kusherbayev deputatlik so‘rovi javobsiz qolsa, mansabdorga jinoiy javobgarlik belgilash taklifini bildirdi

09:44 / 25.06.2017