Xususiy shifoxonalar: mavjud muammo va yangi imkoniyatlar
2017 yil 23 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi,tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida “Mamlakatimiz zamonaviy tibbiyoti rivojida xususiy sektorning roli”mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosi hamda bu borada O‘zLiDePning sa'y-harakatlarini atroflicha muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Ochiq muloqotda O‘zLiDeP faollari, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari vakillari, xususiy tibbiy sektorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar Prezidentimizning mazkur qarori o‘z vaqtida qabul qilinganini ta'kidlab, unda mamlakatimizdagi xususiy tibbiyot sohasini yanada isloh qilish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati xususida o‘zaro fikr almashishdi.
Qayd etilganidek, sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorni yanada rivojlantirish, jumladan, xususiy tibbiyot muassasalarining aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. So‘nggi 6 yilda mamlakatimizda xususiy tibbiyot muassasalari soni 2 barobar ko‘payib, 3,5 mingtaga yetdi. Ularni yuqori texnologiyali tibbiyot texnikasi bilan jihozlash darajasi 3 barobar oshdi.
Ma'lumot o‘rnida: Xususiy tibbiyot muassasalarining 2022 yil 1 yanvarigacha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilishi, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektor tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlari yanada kengaytiriladi. Xususan, shu paytga qadar xususiy tibbiyot muassasalariga 177 turdagi tibbiy xizmatlarning atigi 50 tasiga ruxsat etilgan bo‘lib, qolganlari taqiqlangan edi. Qarorga binoan, ularga tibbiy xizmatlarning deyarli barcha turi bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi. Bu imkoniyat aholi, ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun katta qulaylik yaratadi.
Davra suhbatida chekka tumanlarda tibbiyot sohasida xususiy sektorni jadal rivojlantirish maqsadida qishloq joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida tashkil etiladigan yangi mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga yagona soliq to‘lovidan ozod etilishi ushbu qarorda ko‘zda tutilganini ta'kidlashdi.
Xususiy tibbiyot muassasalariga litsenziya berishni sezilarli darajada soddalashtirish va muddatlarini tezlashtirish, jumladan, litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorni 30 kundan 20 kungacha qisqartirish, litsenziya berish uchun davlat bojini eng kam ish haqining 10 barobaridan 5 barobarigacha kamaytirish nazarda tutilganligi xususiy sektor vakillari uchun katta imkoniyat yaratadi.
Sog‘liqni saqlash muassasalarni optimallashtirishga yo‘naltirilgan davlat mulki bo‘lgan obektlarini aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan tadbirkorlik sub'yektlariga “nol” qiymatida belgilangan tartibda bepul sotish ham mazkur qarorda belgilab qo‘yilgan. Bunda mulkdorlarga investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha alohida vazifalar ko‘zda tutilgan.
Tadbirda ishtirok etgan xususiy tibbiyot muassasalari vakillari bugungi kunda mazkur sohada uchrayotgan ayrim muammolar, byurokratik to‘siqlar haqida ochiqdan-ochiq fikrlar aytishdi.
Jumladan, xususiy tibbiyot muassasalari tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy texnologik usullarini keng qo‘llashi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda uzoq muddatli lizing xizmatlari, kredit ajratish va moliyaviy yordam ko‘rsatishga oid ishlarning talab darajasida emasligi, xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalar va malakali mutaxassislarni keng jalb qilish, tibbiy xizmatlar eksportini kengaytirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bozori infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi mavjud muammolar aytib o‘tildi.
Ayniqsa, davlat idoralari bilan xususiy sektorning yaqin hamkorligi yo‘lga qo‘yilmaganligi alohida qayd etildi.
Tadbirda xususiy sektor vakillariga kredit ajratilishi bo‘yicha hech qanday imtiyozlar mavjud emasligi qayd etildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan og‘ir ahvolda olib kelinuvchi bemorlarni operatsiya qilish uchun shifokorlar huquqini himoya qilishda yordam beruvchi yuridik tomondan kafolat xati ishlab chiqish, shuningdek, mazkur masala bilan shug‘ullanadigan maxsus strukturani tashkil etish bo‘yicha takliflar berildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan xususiy klinika vakillari "tibbiy turizm" tushunchasining qonuniy asoslarini shakllantirish borasida ishlar olib borilayotganligi, lekin xorijga davo izlab borayotgan bemorni sayohat uchun boradi, deb tasavvur qilish mantiqsiz holat ekanligini aytishdi. Ishlab chiqilayotgan qonuniy hujjatlarda tibbiy turizmga turistik faoliyatning alohida bir turi sifatida qarab, ushbu yo‘nalishni "O‘zbekturizm" vakolatiga emas, balki Sog‘liqni saqlash vazirligiga berish to‘g‘ri bo‘lishi yuzasidan takliflar bildirishdi.
Aytish joizki, davra suhbatida konvertatsiya, kerakli uskunlarning yetishmasligi bo‘yicha ko‘plab savollar javobsiz qoldi. Shuningdek, tadbirda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillarining tashrif buyurmagani natijasida ko‘plab masalalarga oydinlik kiritilmadi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimi xatiga javob qaytardi
O‘zbekiston | 14:29
-
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida
O‘zbekiston | 13:29
-
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi
Sport | 13:23
-
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV
Jahon | 13:15
Mavzuga oid

21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

17:12 / 10.02.2025
Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi

13:40 / 14.01.2025
O'zLiDeP ishchi guruhi Jizzaxda tadbirkorlar va saylovchilar muammolarini o‘rganmoqda

13:42 / 23.11.2024