O'zLiDeP ishchi guruhi Jizzaxda tadbirkorlar va saylovchilar muammolarini o‘rganmoqda
O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi va partiya fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida tadbirkorlar va saylovchilarning muammolarini o‘rganish maqsadida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: O'zLiDeP
Hozirgi vaqtda ishchi guruh a’zolari Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi islohotlar jarayoni bilan tanishib, mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lishdi. 3 gektar maydonda joylashgan mazkur markazda 36 milliard 578 million so‘mlik 89 ta sanoat ishlab chiqarish loyihasi va 46 milliard 642 million so‘mlik 110 ta xizmat ko‘rsatish loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar to‘liq ishga tushganda, 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari tumandagi "Aqlli suv boshqarish tizimi" loyihasi bilan ham tanishdi. Bu loyiha uchun 20 million dollardan ortiq investitsiya jalb qilingan bo‘lib, sug‘orish tarmoqlarini avtomatlashtirish va suv iste’molini aniq hisob-kitob qilish imkoniyati yaratadi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida yiliga 83 million kub metr suvni tejash mumkin bo‘ladi.
Jizzaxdagi xususiy tibbiyot muassasalari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, xususiy sektor ulushini oshirish va sohadagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. Xususiy tibbiyotni rivojlantirish borasida zarur qonunchilik o‘zgarishlari va yangi takliflar muhokama qilindi.
Paxtakor tumanidagi fermer xo‘jaliklari bilan o‘tkazilgan muloqotda esa urug‘lik va ko‘chatlar yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar o‘rganilib, sohaga oid yangi qonunlar va takliflar taqdim qilindi.
Shuningdek, ishchi guruh Jizzaxning "Jizzaxkimyo" industrial texnoparki faoliyati bilan tanishdi. Texnoparkda olib borilayotgan loyihalar va investorlarni jalb qilish yuzasidan muloqot o‘tkazildi. Bu yerda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash uchun bir qator imkoniyatlar mavjud.
Ko‘tarilgan masalalar va takliflar batafsil muhokama qilindi, ishchi guruh hukumat va tegishli vazirliklarga deputatlik so‘rovlari va takliflar taqdim qilishni rejalashtirmoqda. Uchrashuvlar davomida yo‘nalishlar va maqsadlar aniqlanib, mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim vazifalar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin
Iqtisodiyot | 18:27
-
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi
Jahon | 18:13
-
O‘rtachirchiqda hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan yigit taqdirlandi
Jamiyat | 17:57
-
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi
O‘zbekiston | 17:43
Mavzuga oid

14:59 / 27.03.2023
O‘ZLIDEP: “Xususiy mulk daxlsizligi – erkinlik kafolati”

13:24 / 14.11.2020
«Qonun qabul qilganimiz bilan ko‘ryapmiz, bu amalda ishlamayapti-ku». Kusherbayev deputatlik so‘rovi javobsiz qolsa, mansabdorga jinoiy javobgarlik belgilash taklifini bildirdi

09:44 / 25.06.2017