Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nokia yil oxirigacha Oyda 4G tarmog‘ini o‘rnatadi
NASA undan Artemis missiyasini amalga oshirish uchun foydalanadi.
Finlyandiyaning Nokia telekommunikatsiya kompaniyasi 2023 yilda NASA'ning Artemis missiyasi uchun Oyda o‘zining 4G (LTE) mobil tarmog‘ini o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
Nokia bosh muhandisi Luis de Teminyo so‘zlariga ko‘ra, jihozlar yaqin oylarda uchirilishi kutilayotgan SpaceX kosmik kemasida Yer yo‘ldoshiga yetkaziladi. Tarmoq Oyning janubiy qutbidagi Sheklton kraterida joylashtiriladi.
Nokia kompaniyasining Oyda 4G mobil tarmog‘ini joylashtirish rejalari taxminan ikki yil avval ma’lum bo‘lgan edi.
Endi, taxminiy ishga tushirish sanasi ham oydinlashdi. NASA Oyda uyali aloqa tarmog‘i zarurligiga ishonchi komil. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, signalning barqarorligi va ulanish qulayligi, shuningdek, aloqa diapazoni unchalik ishonchli bo‘lmagan an’anaviy radioaloqadan voz kechish imkonini beradi.
Avvalroq, NASA yaqin 10 yillikning asosiy missiyasi – Artemis dasturi ishga tushirilganini e’lon qilgan edi. U uchta bosqichdan iborat: uchuvchisiz parvoz, ekipajning Oy atrofidagi parvozi va astronavtlarning Oyga qo‘nishi.
Mavzuga oid
21:19 / 06.07.2026
Nokia sun’iy intellektga ega tugmali telefonlarni taqdim etdi
20:41 / 01.07.2026
NASA Oydagi birinchi doimiy baza qurilishiga yuz millionlab dollar sarmoya kiritdi
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
09:59 / 29.05.2026