Nima bölyapti?
Soliq kodeksiga asosan, yillik daromadi 5 mlrd sömdan oşgan korxonalar har oy kutilayotgan foyda soliğidan avans tölab borişi kerak. Bu tartib 2019 yilda joriy etilgan.
Kodeksning 340-moddasida avans miqdori qanday hisoblanişi körsatilgan (hisoblaş tartibi çoraklar böyiça farq qiladi). Unga köra, 1-çorakdagi oylik avans miqdori avvalgi yilning 4-çoragidagi oylik avans miqdoriga teng böladi.
27 mart, duşanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi tadbirkorlar va buxgalterlarning ana şu avanslar böyiça şikoyatlari tarqaldi.
Şikoyatlarda 1-çorakdagi uç oylik avans miqdori birdaniga yeçib olingani, bunda yeçilgan mablağ ötgan yilning 4-çoragidagi avans miqdorida emas, 4-çorak hisobotlarida aks etgan foyda miqdoriga asosan hisoblab çiqarilgani, buning ustiga yillik daromadi 5 mlrd sömga yetmagan korxonalardan ham avans uşlab qolingani aytiladi.
“Soliq razvyorstkasi”
“Kainbek” Telegram-kanaliga murojaat yöllagan tadbirkor özi duç kelgan vaziyatni quyidagiça tuşuntirgan.
“Bir kiçik kompaniya, aniqroği agentlik rivojlanayotgan edi, (biz öylagan va işonganimizdek) kiçik va örta biznes davlat tomonidan himoya qilinadi degan balandparvoz gaplarga işonib, işlayotgan edi, iş örinlari yaratayotgan edi, barça soliqlarni tölab kelayotgan edi, öz vaqtida tölayotgan edi! QQS tölovçisi sifatida soliq tölovçining koeffitsiyenti yaşil zonada edi va zanjirdagi uziliş 0,0 ni taşkil etar edi.
Va bugun ertalab nimani köryapmiz? Daromad soliğini tölaş uçun *** 000 000 söm miqdorida avans (dastlabki) tölovini tölaşga da’vo! Dastlabki tölov nima, uyğoning, nima uçun? Agar ötgan yilning oxirida biz moliyaviy körsatkiçlarimizni ozmi-köpmi yaxşilaşga muvaffaq bölgan bölsak, bu bizda har oy şunday daromad bor degani emas.
Işçilarning maoşi? Ijara? Bularni qanday tölayman? Hattoki internet uçun hisobimda pulim yöq. Ogohlantirişlar yoki boşqa bildirişnomalarsiz, hatto uçetnyy kartada ham oldindan tölovlar haqidagi xabar bölmagan.
Yangi yildan keyin uç oy ötgaç, yil boşidan beri deyarli bir milliard hisoblangan! Siz u yerda aqldan ozganmisiz? Nega heç qaçon bitta qonunni buzmagan, hamma narsani öz vaqtida tölagan tadbirkor endi sizning özboşimçaliklaringizni qoplaşi kerak?
















