“Toza havodan nafas oliş – sizning huquqingiz, uni olib qöyişga heç kimning haqqi yöq”, deydi ekofaol Alişer Nasimov. U daraxtzorlar örni qurilişga berib yuborilgan holatlar böyiça aholiga huquqiy yordam berib kelmoqda. Jamoatçilik faoli Kun.uz bilan suhbatda ekologiyaga zid yer ajratişlar va daraxtkesarlik uçun javobgarlik çoralarining ta’siri yöqligi haqida sözlab berdi.
“Sudlarda kuraşib, daraxtzorlarni asrab qolyapmiz”
— Toşkentda 54 yildan beri yaşab kelaman, muhandisman, quriliş institutini bitirganman. Hozir tadbirkorlik bilan şuğullanaman. 20 yilça ilgari “Ekologiya xabarnomasi” jurnalida işlaganman. Tabiatga bölgan mehrim oşsa oşdiki, kamaymadi.
Köp ijtimoiy tarmoqlarda odamlar daraxtlarni saqlab qolişda yordam sörab yozadi. Özimga öxşagan ekofaollar juda kam. Ança joylarni asrab qoldik. Çilonzordagi 11-mavzeda 300 ta, Uçtepada 1000 ta, Yunusobod 11-mavzeda 150 taga yaqin daraxtni asrab qolganmiz. 50 yillik daraxtzor, körsangiz qoronği deb öylaysiz. Biz daraxt ekişga emas, köproq borlarini asrab qolişga harakat qilamiz.
Toza havodan nafas oliş haqqingiz, uni olib qöyişga heç kimning haqqi yöq. Nafas oliş uçun ham pul tölaymiz, degan narsaga borib qolmaylik. Organlarda işlaydigan odamlar ham biz bilan birga şu havodan nafas oladi. Şu daraxtlarni kesişga ruxsat bersa yoki kessa, özi ötirgan şoxni kesgan böladi.
“Yer ajratişdan oldin ekologik örganişlar ötkazilmayapti”
— Oxirgi paytlarda juda köp daraxtlarning ildiz qismini asfalt qilişyapti, bunda daraxtlar 4-5 yilda nobud bölib ketadi. Çunki ularga tabiatdan, atmosferadan va yerdan kerakli mikroelementlarni olişda tösilgan betonlar tösqinlik qiladi. Şuning uçun köp joylarda daraxtlarni arralaş holatlari bor. Bizga bu borada murojaatlar keladi va biz qöldan kelgança daraxtlarni asfaltdan böşatamiz, 50-60 sm kvadrat doira şaklida böşatişga harakat qilamiz.
Yunusobod, Şayxontohur, Uçtepa, Çilonzor tumanlarida işladik. Asosiy işlarim Yunusobod va Uçtepa tumanida böldi. Mahalliy hokimliklar örganmasdan turib, joyiga çiqmagan holda “ma, senga yer” deb, auksionga çiqarvorgan, sotib yuborgan. Hokim qaror qabul qilişdan oldin ekologik ekspertizasi qonuniga asosan ekologik ekspertiza ötkazişi kerak.
Joyiga çiqib, daraxtlarning yoşiga qarab masofa saqlaş qoidalari bor. Heç qanaqa tadbirlar ötkazmay qurilişlarga ruxsatnoma berilgan, bu odamlarning noroziligiga olib kelyapti. Odamlar hokimiyat yoki boşqa organlarga murojaat bilan çiqadi, lekin ular qarorlarni bekor qilib, odamlarga yondaşib, sudga ariza kiritişga harakat qilmaydi. Men bu borada köp bora odamlarga yordam beraman, men işni faqat sud bilan hal qiliş kerak deyman.
50 yillik daraxtni köçirib ötqazib bölmaydi, 100 foiz kafolat yöq u daraxt yaşab ketişiga. Ekologiya hozir bunga e’tibor berib, katta daraxtlarni köçirişga ruxsat bermayapti. Yer kodeksining 66-moddasi bor, daraxtzorlarni egallagan yer maydonlarida qurilişga ruxsat berilmaydi. Çunki sal nariroqni kovlasangiz ham daraxtning ildizi şu yergaça kelgan bölişi mumkin, bu daraxt qurib ketişiga olib keladi.
“Qimmat daraxtmi, oddiymi – qonunda hammasining maqomi teng bölişi kerak”
— Köp joylarda daraxtlar kesilyapti. Bir neça kun oldin Yaşnobod tumani Maşinasozlar mahallasidan yordam sörab çiqişdi, borsam allaqaçon 4-5 ta daraxtlar kesilgan. Qizil kitobga yoki qimmatbaho daraxtlar fondiga kiritilgan daraxtlar kesilgan. Bu juda ham vahşiylik...
Ötgan yili Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga javobgarlikni kuçaytirişni sörab murojaat qildim. Hozirgi qarorlarda qimmatbaho daraxtlar deb alohida ajratib körsatilgan, lekin şart emas, daraxt qimmatbahomi, yoki oddiyligi, hammasi bi xil kislorod beradi. Şu qimmatbaho degan joyini olib taşlanglar, hamma kesilgan daraxtlar uçun javobgarlik qattiq bölsin. Quruvçilar keladi-da, ikkita daraxt bor ekan, kesib taşlab, jarimasini tölab, sotilgan kvartiralardan pulini çiqarib olamiz, deydi. Bu narsa ularni töxtatmaydi. Jinoiy javobgarlikni kuçaytirib, 3-5 yil qamoq jazosi belgilansa, arzimagan narsa uçun qamalib ketmay deb öylab köradi.
Quruvçi firmalar köpinça köçadan odam topib keladi-da, sen böyningga ol, deydi. Men hali birorta firmaga protokol qilinganini körganim yöq. Hammasi Toşkentda bölayotgan narsalar. Ularda tabiatni asraş, tabiatga mehr beriş degan narsalar yöq, hammasining mehri pulga.
“Dardingni kimga aytişni bilmaysan, yuraging oğriydi”
— Berkitadigan narsa yöq, fikrimni bildiraman, ekologik partiyani tozalab, astoydil işlaydigan odamlarni qöyiş kerak. Özim taşabbus bildirib, bir neçta masalalar yuzasidan javobgarlikni kuçaytiriş borasida murojaat qilib javob ololmadim. Partiya jim. Deputatlar kelib suhbat qilişdi, lekin vektorni boşqa tomonga burişga harakat qilişdi.
Ötgan yildan boşlab sobiq vaksina instituti bor edi, öşaning hududida 200 dan ziyod daraxt kesilib ketgan. Örnida “Hills Blue” qurilyapti. Şu masala bilan ularga çiqdim, prokuturaga çiqdim, javob yöq. Google Maps'ga qarasangiz, bu yer 2023 yilda qanday bölgan-u, hozir qanday...
Dardingni kimga aytişni bilmaysan, yuraging oğriydi. Har biri 50 yillik daraxtlar ular. Öşa yerda yaşab yurgan odamlar daraxtlardan nafas oladi. Bundan taşqari, şahar atrofida issiqxonalar juda köp. Toşkent tumaniga çiqqanimizda aholi bilan reyd qilganmiz. Bitta issiqxonaga çiqqanimizda tuşunarsiz materiallarni maydalab, peçda yoqişgan. Bir metr uzoqdan nariroqda heç narsa körinmaydi, şunçalik tutun bölib ketgan. Ekologiyani çaqirdik, ölçab jarima yozib ketdi. Bir-ikki kun işlamadi-da, yana öz holatiga qaytdi. Javobgarlikni kuçaytiriş kerak baribir. Toşkent atrofi bölgani uçun şamol bilan uçib şaharga keladi. Toşkentda e’tibor bersangiz hamma yötalib yuradi, quruq yötal hammada. Sababi havoning zararli moddalar aralaşmasi köpayib ketgani bilan boğliq deb öylayman. Odam açinib ketadi, Toşkent oldin qanaqa çiroyli edi. Avval daraxtlar uylardan baland turardi. Faqat Çilonzor Yunusobodning ayrim joylarida qolgan katta daraxtlar.
“Toşkent snos” guruh bor, qaçon qarama falon mahallada daraxt kesilyapti degan xabar çiqadi. Heç kim bu narsaga jiddiy e’tibor berayotgani yöq, butun Toşkentdagi holatlarga qarşi kuraşişga bir özimning kuçim yetmaydi. Ba’zan odamlarga qayerga murojaat qilişni özim aytaman, odam özi harakat qilsa, kuçi va vaqtining qadriga yetadi.
Ekofaollikdan taşqari, huquqiy faolman. Odamlar noqonuniy qurilişlarni töxtatiş böyiça köp murojaat qiladi. Toşkent şahar boş boşqarmasi tomonidan ekologik ekspertiza ötkazmasdan turib köp ruxsatnomalar berilgan, şularni haqiqiy emas deb topiş uçun sudlarga murojaat qilamiz. Köp vaziyatlar böyiça bergan arizalarimizni sudlar 90 foiz holatda qoniqtiradi.
“Toşkentda 200 dan ziyod mahalla binolari quriladi, ajratilgan yerlarda köp yillik daraxtlar bor”
— Tabiatni muhofaza qiliş borasida öntaça normativ hujjatlar bor. Lekin ijro hali sust, davlat idoralari “otpiska”dan boşqa javob berişmaydi. Hozir ham Toşkent şahar hokimining maxfiylik belgisi bilan belgilangan qarori çiqqan: 200 dan oşiq mahallaga mahalla binolarini quriş uçun yer uçastkalari ajratilgan. Lekin qaror çiqarişdan oldin joyiga borib örganilmagan, köp yillik daraxtlar bor bu joylarda. Ekologiya va tabiatni muhofaza qiliş organlari bilan vaziyatni örganmay turib ruxsatnoma berilgan, bu odamlarning noroziligiga olib kelyapti.
Barça özbekistonliklar tabiatga e’tiborini qaratişi kerak. Davlatimiz tomonidan “yaşil hudud”, “yaşil makon” loyihalari amalga oşirilyapti. Ekopolitsiya tuzilgan. Odamlar avvalgiga qaraganda ança faollaşgan. Lekin avval heç kim e’tibor bermagan, maktablarda örgatilmasdi. Hozir bolalar köçalarni toza tutişda faollaşgan.
Madina Oçilova,
Diyoraxon Nabijonova,
Kun.uz










