Toşkent şahrining Yunusobod, Mirzo Uluğbek, Şayxontohur, Olmazor va Yaşnobod tumanlarida «Toşkent şahar elektr tarmoqlari» MÇJ tomonidan ta’mirlaş işlari yakunlandi, elektr energiyasi ta’minoti töliq tiklandi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.

«Endi mutaxassislar issiq suv ta’minotini bosqiçma-bosqiç tiklaşga kirişadi. 4-IM qozonxonasini hisoblangan harorat va bosimgaça töldiriş boşlandi. Qozonxona işga tuşgaç, issiq suvni yetkaziş qozonxonaga yaqin binolarda 2 soat, uzoq binolarda 6 soat vaqtni oladi», deyiladi xabarda.

Veolia Energy xabariga köra, qozonxona nasoslari işlaşi uçun zarur bölgan elektr energiyasi bölmagani sababli 4-IM hududida issiq suv ta’minotining grafikdan taşqari uzilişi böyiça tölovlar qayta hisob-kitob qilinadi.

Quvurlar issiq suv bilan töldirilişi tufayli tarmoqdagi bosim hisoblangan darajaga asta-sekin kötariladi. Şu sababli, issiq suv jömraklarini işlatişda ehtiyot böliş lozim.