Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyaning 33 fuqarosi va 225 kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
Ukraina Rossiyaning 225 kompaniyasi va Rossiya Federatsiyasining 33 fuqarosiga qarshi 10 yil muddatga sanksiyalar kiritdi. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiyning tegishli farmoni davlat rahbari saytida e’lon qilingan.
Cheklovlar aktivlarni muzlatish, litsenziyani bekor qilish, savdoni to‘xtatish va boshqa choralarni o‘z ichiga oladi.
«Yevrobarometr» so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa aholisining 74 foizi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Rheinische Post gazetasi xabar bergan.
Respondentlarning 65 foizi Ukrainaga qurol-yarog‘ va boshqa harbiy yordam yetkazilishini yoqlaydi. YeIdagi aksariyat fuqarolar Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaning Ukrainadagi agressiv urushiga qarshi ko‘rilayotgan choralardan mamnun.
Biroq so‘ralganlarning 80 foizi Yevroittifoq davlatlaridan qurol sotib olishda o‘z harakatlarini yaxshiroq muvofiqlashtirishni ham talab qilgan.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026