Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaliklarning to‘rtdan uch qismi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlayapti
«Yevrobarometr»ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa aholisining 74 foizi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Rheinische Post gazetasi xabar bermoqda.
Respondentlarning 65 foizi Ukrainaga qurol-yarog‘ va boshqa harbiy yordam yetkazilishini yoqlaydi. YeIdagi aksariyat fuqarolar Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaning Ukrainadagi agressiv urushiga qarshi ko‘rilayotgan choralardan mamnun.
Biroq so‘ralganlarning 80 foizi Yevroittifoq davlatlaridan qurol sotib olishda o‘z harakatlarini yaxshiroq muvofiqlashtirishni ham talab qilmoqda.
«Yevrobarometr» - bu Yevropa Komissiyasi nomidan muntazam ravishda turli mavzularda o‘tkaziladigan so‘rovnomalar seriyasidir. Yanvar oyining o‘rtalaridan fevral oyining boshigacha Yevropa Ittifoqida 26 mingdan ortiq odam so‘rovdan o‘tkazildi.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
08:33 / 05.06.2026