Xorazmda davlat amaldorlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilariga jinsiy zöravonlik qilgani va bu uçun ularga 1,5 yil ozodlikni çeklaş jazosi qöllangani jamoatçilikni larzaga soldi. Faollarning köpçiligi sud qaroridan butunlay noroziliklarini bildirgan bölsa, yana bir guruhi esa Özbekistonda boquvçisi yöq bolalarni himoya qiliş tizimi töliq şakllanmagani haqida yozmoqda.
Bloger, jamoat faoli Aziza Umarova bolalarni vasiylikka oliş masalasida xalqaro standartlar masalasida mutaxassislar takliflarini yozib çiqdi.
Unga köra:
- Zudlik bilan yagona yondaşuvga ega bölgan ijtimoiy himoya böyiça alohida muassasa yaratiş lozim (yoki heç bölmaganda hozirgi Bandlik, kambağallikni qisqartiriş vazirligi qoşida agentlik sifatida. Vazirlik nomini “Bandlik, kambağallikni qisqartiriş va ijtimoiy himoya” deb nomlagan holda).
- Bu organ barça institutsional, oilaviy himoya şakllarining xalqaro standartlarga muvofiq nazoratini öz zimmasiga olişi, bolalar huquqlari himoyasini amalga oşirişi darkor. Xodimlar ijtimoiy-gumanitar yönaliş, soha vakillari bölişi zarur.
- Respublikada, viloyatda, tumanda zarur ştatga ega bölgan ijtimoiy xizmatlar joriy etiş lozim hamda ularning tarkibi hozirgiday kuçişlatar soha vakillaridan iborat bölmasligi kerak.
- Ijtimoiy xizmatlar hamjamiyatlar darajasida faoliyat yuritişi zarur. Muassasalar yopilişida pul mablağlari bolalar joylaştirilgan oilalarga ötkazilişi kerak.
- Mehribonlik uylarini yopişdan avval bolalarni qaramoğiga oladigan oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tarmoğini yaratiş maqsadga muvofiq edi. Bu esa amalga oşirilmadi.
Bloger va huquqşunos Xuşnud Xudoyberdiyev holat yuzasidan Senat, Oliy Sud, Adliya, FVV va Bolalar Ombudsmani bergan bayonotlarni “soxta açinişlarga boy”, deb ta’rifladi. U bloger Irina Matviyenko jinoyat haqida 2023 yilning fevral oyi boşida Senat majlisida hammaga gapirib bergani va bundan senatorlar, Oliy sud, Adliya vazirligi va boşqa köplab taşkilotlar vakillari xabar topgaç ham jiddiy çora körilmaganini

















