20-21 may kunlari Toşkentning «Yangi Özbekiston» boğida ötkazilişi rejalaştirilgan «Jara» musiqiy festivali qoldirildi.
Iticket.uz bergan rus tilidagi bayonotda festival qoldirilişi «dunyodagi hozirgi vaziyat» bilan boğliqligi aytilgan, lekin aynan qaysi vaziyatligi aniqlaştirilmagan.
«Toşkentda 20-21 may kuni rejalangan «Jara» festivali köçiriladi. Afsuski, ayni vaqtda dunyodagi vaziyatni hisobga olib, katta musiqiy tadbirlarni ötkazib bölmaydi.
Biz artistlarimizni sevadigan va ularni kutayotgan uşbu loyihaning barça muxlislariga minnatdorçilik bildiramiz.
«Jara» festivali – bu serquyoş, musiqa va döstlik bayrami, bu loyiha mamlakatlar va avlodlarni birlaştiradi, bu yorqin taassurotlar va hayot ramzi. Qanday vaziyat bölmasin, @zharafest doim şunday qoladi», deyilgan bayonotda.
Şu vaqtga qadar sotib olingan çiptalar @iticketuzb telegram-akkaunti orqali qaytarilişi qöşimça qilingan.
3 aprel kuni iticket.uz'da konsertga çiptalar sotuvi töxtatildi. «Jara» festivalining Instagram'dagi sahifasi öçirildi.
Ma’lumot uçun, rossiyalik qöşiqçilar iştirokida Toşkentda «Jara» festivali ötkazilişi e’lon qilingaç, özbekistonliklar virtual noroziliklar bildirdi.
Bunga sabab – festival iştirokçisi bölgan bir qator qöşiqçilar Rossiyaning Ukraina hududlarini bosib olişini oçiq qöllab-quvvatlagan. Festival asosçilaridan biri, Ğarb sanksiyalari ostidagi Grigoriy Leps doimiy ravişda Putin iştirokidagi Z-şoularda qatnaşib keladi, u Donbassda konsert ham bergan.
E’tiborli tomoni, faollar festival ötkazilişiga qarşi boşlangan kampaniyadan keyin xam biror davlat taşkiloti bu konsert böyiça izoh bermadi.

















