O‘zbekiston | 11:01 / 04.04.2023
6908
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi ayrim mahallalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bunday cheklov Sergeli, Yangihayot va Chilonzor tumanlariga aloqador.

Foto: Kun.uz

Ta’mirlash ishlari sababli 4 aprel soat 08:00 dan 5 aprel soat 08:00 ga qadar Sergeli, Yangihayot va Chilonzor tumanlarining ayrim mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Yangihayot tumani «Yangi Choshtepa» MFY hududidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan. 

Shu tufayli, 4 aprel kuni soat 08:00 dan 5 aprel kuni soat 08:00 ga qadar:

Sergeli tumani aholi iste’molchilari: «Sohibqiron», «Saxovat», «Yangi Sergeli», «Qipchoq», «Ezgulik», «Nurhayot», «Madadkor», «Ittifoq», «Ziynat», «Nilufar», «Mehrigiyo», «O‘zgarish», «Habibiy», «Bunyodobod», «Yangi Bunyodobod» MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 21 566 ta aholi xonadonida hamda «Jo‘nariq», «No‘g‘ayqo‘rg‘on», Yuqori darxon», «Qubaytepa», «Qutbaraka», «So‘g‘diyona», «Sofdil», «Daryo bo‘yi» MFYdagi jami 7 634 ta uy xo‘jaligida;

Sergeli tumani ulgurji iste’molchilari: 85 ta sanoat korxonasi, 11 ta maktab, 4 ta MTM, 41 ta umumiy ovqatlanish obekti, 68 ta novvoyxona va 184 ta kommunal-maishiy korxona – jami 393 ta ulgurji iste’molchida;

Yangihayot tumani aholi va ulgurji iste’molchilari: «Fayzli», «Choshtepa», «Yangi Choshtepa», «Yangi Darxon», «Tashabbus», «Yangi umid», «Yangi turmush», «Humo», «Yangi Hayot», «Oriyat», «Gulshanobod», «Marhamat», «Ibrat», «Olchazor», «Xushnud», «Navqiron», «Yorqin hayot», «Charog‘on», «Chorbog‘», «Viqor», «Al-Farg‘oniy», «Do‘stlik», «Iqbol», «Yo‘ldosh», «Toshkent», «Chortoq» MFYdagi jami 5 251 ta uy xo‘jaligida va ko‘p qavatli uylardagi jami 29 835 ta aholi xonadoni hamda 316 ta ulgurji iste’molchida;

Chilonzor tumani aholi va ulgurji iste’molchilari: «Beshqo‘rg‘on», «Tirsakobod», «Xayriobod», «Xon to‘pi», «Bek to‘pi», «2-Qatortol», «Mevazor», «Yakkabog‘» MFYdagi jami 6 000 ta uy xo‘jaligida hamda 47 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid