Baxmut atrofidagi janglar va ukrainlarning Limandagi pozitsiyasi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 406-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya chegara xizmati Bryansk oblastiga ukrainlarning yengil motorli samolyoti qulagani haqida xabar berdi. Pilot Aleksandr Morozovni qo‘lga olishgan — o‘zining aytshicha, u Rossiya hududida uchayotganini bilmagan. Ukraina hozircha bu hodisani izohlamadi.
- Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujum uchun jami 40 ming kishidan iborat sakkizta shturmchi bo‘linma tayyorlamoqda. Yangi askarlar va ularni o‘qitayotgan harbiylar qarshi hujum «yaqin haftalar yoki oylar ichida» boshlanishi kutilayotganini aytishgan.
- Volodimir Zelenskiy Polshaga tashrif buyurdi. Qo‘shni mamlakat prezidenti Andjyey Duda unga oliy mukofot — Oq Burgut ordenini topshirdi. Duda bilan uchrashuvda Zelenskiy Ukraina armiyasi «shaxsiy tarkib yo‘qotilishi xavfi yuzaga kelgan taqdirda» Baxmutdan chekinishi mumkinligini istisno etmadi.
- Xitoy Qrim va Donbassni Rossiya hududi deb tan olmaydi va Moskvaga harbiy yordam ko‘rsatmayapti. Bu haqda XXRning Yevroittifoqdagi elchisi Fu Sun ma’lum qildi. Shu bilan birga, Pekin Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralamaydi, chunki «haqiqiy sabablar G‘arb yetakchilari aytayotganidan ko‘ra murakkabroq».
- Belgorodda «dushmanni provokatsiya qilmaslik uchun» 9 may paradini o‘tkazmaslikka qaror qilishdi. Bu haqda gubernator Vyacheslav Gladkov ma’lum qilgan.
Kun kadri. Ukrain desantchilar janglar orasidagi tanaffusda
Baxmut atrofidagi okoplarda turgan ukrain jangchilari
Rossiya 2022 yil iyulidan buyon Baxmutni egallashga urinib kelmoqda. Ukraina qurolli kuchlarining ayni vaqtda pozitsiyalarida shiddatli janglar ketayotgan 80-desant-shturm brigadasi jangchilari aprel oyi boshida «Nastoyashcheye Vremya» bilan suhbatda aytishicha, vaziyat «nazorat ostida». «Bir oy muqddam dushman har tomondan hujum qilayotgandi. Ammo hozirda ular qandaydir ustuvor yo‘nalishni tanlab hujumga o‘tmoqda», — deya qayd etgan ukrain harbiylaridan biri jurnalistlarga.
Shu bilan birga, Kreml ta’siridagi OAV va telegram-kanallar Ukraina QK safidagi anonim manbalariga tayangan holda Ukraina qo‘shini «Baxmutni yoppasiga tark eta boshlagani» haqida yozmoqda. «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin esa Ukraina armiyasi Baxmutdan chekinmaganini aytmoqda. «Raqib hech qayerga chekinmoqchi emas, ular shahar ichida mudofaa chiziqlari tashkil qilgan», degan u. U o‘zi yaqin munosabatda bo‘lgan Sergey Surovikinni ham ilk marta tanqid qildi: «Surovikinni anchadan beri ko‘rganim yo‘q, kim biladi u nimalar bilan band ekan», dedi Prigojin.
5 aprel kuni Volodimir Zelenskiy Polsha prezidenti Andjyey Duda bilan suhbatda «[Baxmutdagi] shaxsiy tarkib qurshovga tushib qolishi xavfi paydo bo‘lsa, „to‘g‘ri qaror“ qabul qilinishi» haqida aytdi.
Hozircha ukrain harbiylari shahar mudofaasini tutib turibdi — quyida 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigadaning pozitsiyalari aks etgan suratlar.
Ukrainaning ozod etilgan hududlaridagi hayot
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024