Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi Şavkat Umrzoqovning 7 aprelda imzolagan qarori bilan poytaxtda irrigatsiya tizimini yaxşilaş uçun mablağ ajratiladigan böldi. Unga köra, drenaj va kollektorlarni ta’mirlaş, beton quvur yotqiziş uçun hokimiyat budjetining zaxira fondidan 700 mln söm sarflanadi.

Qayd etilişiça, yuqoridagi çora-tadbirlar yomğir paytida suv toşqinining oldini oliş uçun amalga oşirilmoqda. Şu örinda savol tuğiladi, 700 mln söm mazkur çora-tadbirlar uçun yetarlimi? Aslida drenaj tizimini yaxşilaşga qança mablağ sarflanişi kerak? Bu jarayonda nimalar inobatga olinadi? Kun.uz uşbu savollarga javob oliş uçun sohadan boxabar bölgan muhandis, şaharsoz hamda ekolog bilan suhbatlaşdi.

Dastlab 20 yildan beri AQŞning Texas ştatida yaşab, hozirda Templ şahridagi yirik injyenerlik-konsalting kompaniyasida suv xöjaligini loyihalaş direktori bölib işlayotgan, texnika fanlari doktori, muhandis Asqarali Karimov bilan gaplaşdik. Mutaxassisning aytişiça, mablağ ajratişdan oldin drenaj tizimini rivojlantirişga kim mas’ulligini aniqlab oliş lozim.

Asqarali Karimov, texnika fanlari doktori, muhandis / Foto: Kun.uz

– Ötgan yili Toşkent şahrining eski hokimi Jahongir Ortiqxöjayev drenaj muammolari yuzasidan meni çaqirgandi. Jarayonda köngilli sifatida qatnaşgandim. Öşanda hokimiyat huzuridagi raqamlaştiriş markazida mavjud bölgan lotoklar, oqova suv quvurlari, inşootlarini raqamlaştiriş, kartografiya qiliş boşlangandi. Men doim bir savol beraman: Toşkent drenaj tizimining egasi kim? Bunga kim javobgar, qaysi taşkilot mas’ul? Bu şahar balansidami yoki respublikanikida? Suriştiruvlarim natijasida şuni bildimki, bunga 3 ta taşkilot mas’ul ekan. Keyin men barça vazifa va javobgarlikni bitta taşkilotga ötkazişni, unga işçilar, texnika jalb qilişni va bu taşkilotni hokimiyat balansiga ötkazişni taklif qilgandim. Öşa yerdagi hokim yordamçilari, markaz xodimlari bilan birgalikda prezident qarorini ham tayyorladik, bu jarayonda özim ham bevosita qatnaşdim, kördim. Lekin afsuski, bu narsalar qolib ketdi. Men öşanda ham köp takrorlagandim, Toşkent, umuman Özbekistonning bundan keyingi ahvoli oğir böladi, yaxşi bölmaydi. Çunki eng kuçli zilziladan keyin qurilgan tizim talabga javob bermay qöygan. Asfalt va beton joylarda yoğadigan yomğirning boradigan joyi yöq. Şuning uçun muammolar juda köp.