Hujjatda aytilişiça, kanalizatsiya va drenaj tizimini ta’mirlaş, yangi beton lotoklar yotqiziş uçun poytaxt budjetining zaxira fondidan 700 mln söm miqdorida mablağ yönaltiriladi.

Yuqoridagi çora-tadbirlar yomğir paytida suv toşqini oldini oliş uçun amalga oşiriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Şavkat Umrzoqov köçalarni suv bosişi muammosini hal qilişga va’da bergan edi.

Şuningdek, 5 aprel kuni prezident raisligida Yangi Özbekiston massivlarida turar joy binolari quriş va 2023 yilda ipoteka dasturini amalga oşiriş böyiça ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğiliş bölib ötgani haqida xabar berilgandi.

Şavkat Mirziyoyev yiğilişda Toşkent şahar hokimligi va Quriliş vazirligiga ikki hafta muddatda drenaj tizimi muammosini hal etiş böyiça dastur qabul qilişni topşirdi.

2022 yil may oyida hokimlik poytaxtdagi mavjud drenaj tizimi 1970-yillarning boşida loyihalaştirilgani va 1990-yillargaça foydalanişga topşirilgani haqida xabar bergan edi. Öşanda Toşkent köçalarini suv bosiş muammosi bilan AQŞda yaşovçi özbek olimi şuğullanişi ma’lum böldi. Hozirça heç qanday natija yöq.

Kuni keça ikki soatlik yomğir butun şahar böylab kanalizatsiya-drenaj tizimida kollapsga olib keldi. Şahar hokimligi buni Toşkent şahridagi mavjud drenaj tarmoqlari kuçli yomğirga bardoş bera olmasligi bilan izohladi.