Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muloqotda tovar ayirboshlash sur’atlarini ta’minlash va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Ikki mamlakat ishbilarmonlari va hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishda aprel oyining oxirida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasidagi hamkorlik sermahsul bo‘layotgani qayd etildi.
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.
Mavzuga oid
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
14:55 / 03.07.2026
O‘zbekiston va Gurjiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
19:04 / 30.06.2026