Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarishni boshlashi mumkin
O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, «Navoiy» Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi» vakillari va Malayziyaning uchuvchisiz boshqariladigan apparatlarni (dronlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir qator yetakchi kompaniyalari o‘rtasida onlayn uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: Kun.uz
Mazkur tadbirlar chog‘ida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida foydalanish uchun dronlar ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Malayziya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan dronlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi. Xorij tomoni qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan AGRI seriyalaridagi dasturiy ta’minot bilan integratsiyalashgan purkagich dronlari, Octocopter seriyali kurer dronlari va UGV-Unmanned Ground Vehicle kabi dronlarning texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Ushbu mamlakatning Alphaswift, Meraque va Aonis kompaniyalari O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istiqbollarini o‘rganib chiqishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuvlar natijasida hamkorlikda mamlakatda dronlar ishlab chiqarish investitsiya loyihasini amalga oshirishning huquqiy asos va imkoniyatlarini o‘rganish, loyihalar texnik parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
09:25
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
15:21 / 05.03.2026
Iroqdagi Eron kurd muxolifati shtabiga dron zarba berdi
13:21 / 04.03.2026
OAV: Ukraina frontda nemis “mini-Taurus”larini ommaviy qo‘llayapti
14:55 / 03.03.2026