Kun.uz muxbiri Qişloq xöjaligi sohasining asosi, eng muhim yönalişlaridan bölgan uruğçilik, seleksiya va milliy genofondni saqlab qoliş masalasida intervyu ötkazdi.  

Intervyu davomida öta muhim, strategik sohaning qanday qilib xorijga boğlanib qolgani, uni rivojlantiriş yölidagi qilinişi kerak bölgan işlar va ösimlik kasalliklari haqida söz bordi.

Dastur mehmonlari Fanlar akademiyasi Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti prorektori Xurşid Töraqulov, şu institut katta ilmiy xodimi Baxtiyor Rasulov va Qişloq xöjaligi vazirligi boşqarma boşliği Jamşid Abduzuhurov böldi.

— Bugun gaplaşadigan mavzumiz ahamiyatini yaxşi tuşunadigan ham, tuşunmaydigan ham bor. Şuning uçun, keling, intervyu boşida qisqa qilib uruğçilik, seleksiya, milliy genofond nima özi va u nega muhim degan savolga qisqa-qisqa javob bersangiz. Çunki kimdir aytadi nimasi dolzarb ekan bu masalani, uruğ bölmasa çetdan olib kelinaveradi-da, şu paytgaçayam şunday qilyapmiz-ku, deya.

Jamşid Abduzuhurov:

— Oxirgi yillarda oziq-ovqat xavfsizligi haqida juda köp gapiryapmiz. Oziq-ovqat xavfsizligining asosida uruğçilik yotadi. Qaçonki mamlakat özini yaxşi, sifatli uruğlar bilan ta’minlay oladigan darajada bölsa, şunda oziq-ovqat xavfsizligining asosiy muammosi yeçilgan böladi. Har bir mamlakat özining uruğçilik tizimiga va siyosatiga ega bölişi kerak.

Xurşid Töraqulov:

— Uruğ — qişloq xöjaligida ekiladigan ekinlarning xususiyatini saqlovçi va davom ettiruvçi vosita. 21 asrga kelib, qişloq xöjaligida uruğçilik ahamiyati yana ham oşib ketdi. Nima uçunki, asr boşlarida qişloq xöjaligidagi ekinlar navi kam va xususiyatlari bir-biriga yaqin edi, bugun esa tur, navlar va ularning xususiyatlari köpayib ketdi.

Ikkinçi tarafdan esa qişloq xöjaligiga ta’sir qiluvçi iqlim özgarişi, qurğoqçilik, har xil kasallik kabi omillar köpaydi. Şunday vaziyatda çidamli navlar yaratiş orqali katta xavflarning oldini oliş mumkin.

Baxtiyor Rasulov:

— Agar biz özimizning milliy genofond ostidagi uruğçilikni taşkil etmasak, xorijga boğlanib qolamiz va şu orqali qişloq xöjaligida turli kasalliklarning köpayişiga olib keladi. Bunday holatda qişloq xöjaligi katta xavf ostida qoladi. Uruğçilik ösimlikdagi kasalliklarni taşuvçi birlamçi böğin. Şuning uçun ham oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşda milliy genofondning ahamiyati katta.