Rossiyaning yuziga tortilgan qora çiziq – «Magnitskiy röyxati» nega tuzilgan edi?
|23:01 / 26.04.202324 40517 min
2008 yilda Rossiyadagi konsalting kompaniyasida auditor bölib işlovçi Sergey Magnitskiy qamoqqa olinadi. Unga katta miqdordagi soliqlardan böyin tovlaş böyiça ayblov e’lon qilinadi. Oradan 11 oy ötgaç Magnitskiy tergov hibsxonasida şubhali tarzda vafot etadi. Keyinçalik u va uning şeriklari ayrim amaldorlar Rossiya budjetidan qariyb 200 mln dollar öğirlaganini foş etişgani va auditor şu sababli öldirilgani ma’lum böladi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
2023 yil 17 aprel kuni rossiyalik muxolifatçi va publitsist Vladimir Kara-Murza Moskva şahar sudi tomonidan davlatga xiyonat qilişda aybdor deb topildi va 25 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Kara-Murzaning uzoq muddatga qamalgani haqida fikr bildirgan rossiyalik faol, «Mediazona» mustaqil naşri boş muharriri Sergey Smirnov «Kara-Murza şubhasiz Magnitskiy röyxati uçun 25 yilga qamalgani»ni aytdi.
Xöş, bu qanday röyxat? U rossiyalik amaldorlarni nega jazavaga tuşiradi?
«Magnitskiy röyxati» rossiyalik auditor Sergey Magnitskiy nomi bilan boğliq. U 2007 yilda öz hamkasblari bilan Rossiya davlat budjetidan 5,4 mlrd rubl (öşa paytdagi kurs böyiça bu qariyb 200 mln dollar böladi) özlaştirilib yuborilganini aniqlagandi.
Şundan söng Magnitskiy ta’qibga uçraydi va 2008 yilda hibsga olinadi. Unga katta miqdordagi soliqlarni tölaşdan qoçiş aybi qöyiladi. Sergey Moskvada tergov qilinadi va hibsga olinganidan 11 oy ötib tergov izolyatorida şubhali tarzda vafot etadi.
Magnitskiyning ölimi xabari Rossiyada ham, uning tergov qilinişini kuzatib borgan Ğarb davlatlarida ham noxuşlik bilan qarşi olinadi. Rossiyalik muxolifatçi siyosatçilar – Boris Nemsov va Vladimir Kara-Murza esa Magnitskiyning ölimiga daxldor şaxslarning dastlabki röyxatini tuzişadi.
Köp ötmay AQŞ ana şu röyxatni Magnitskiyning ölimiga daxldor boşqa tegişli nomlar bilan töldirib, ularga qarşi sanksiyalar e’lon qiladi.
Keyinçalik, 2012 yilda AQŞda «Magnitskiy qonuni» qabul qilinadi. Öşandan buyon avvaliga rossiyalik, söng sobiq ittifoq hududidagi respublikalarning ayrim fuqarolari ham turli işlari uçun «Magnitskiy röyxati»ga kiritila boşlaydi.
Magnitskiy bilan sodir bölgan hodisalar va uning ölimi
Hermitage Capital Management fondi rahbari amerikalik Uilyam Brauder
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti bitiruvçisi bölgan Sergey Magnitskiy 1995 yildan boşlab amerikalik advokat Jyeyms Fayyerstoun tomonidan taşkil etilgan Firestone Duncan xususiy konsalting kompaniyasida iş boşlaydi.
Mavzuga oid
Keyinçalik u kompaniyaning soliq konsultatsiyasi va auditorlik bölimi boşliği lavozimiga tayinlanadi. Öşa paytda Rossiyada faoliyat olib borayotgan köplab firmalar Firestone Duncan’ning mijozlari bölib, kompaniya ularga huquqiy xizmatlar körsatardi.
Ular orasida Hermitage Capital Management fondi ham bor edi. Bu fond öşa paytda Rossiyada xorijiy sarmoya asosida taşkil etilgan eng yirik fondlardan biri edi.
2004 yil iyunida Hermitage Capital Management tarkibiga kiruvçi «Kameya» firmasi rahbarlariga qarşi daromadlarni yaşiriş va soliqlardan qoçiş böyiça jinoyat işi qözğatiladi.
2006 yilda kutilmaganda Hermitage Capital Management rahbari Uilyam Brauder fond Rossiyada öz faoliyatini töxtatişi va aktivlarni sotişini e’lon qiladi.
Bu qaror köpçilikni hayron qoldiradi. Çunki hisobotlarga köra tarkibida «Parfenion», «Maxaon» va «Rilend» kabi oçiq hissadorlik jamiyati körinişidagi firma va kompaniyalar bölgan fond 2006 yilda qariyb yarim milliard dollar daromad qilgan, Rossiya budjetiga 230 million dollar soliq tölagandi.
Yuqoridagi kompaniyalarga ofşor hududlarda röyxatdan ötgan Glendora Holdings Ltd va Kone Holdings Ltd kompaniyalari egalik qilgan. Uçala kompaniya Moskvaning Mejrayonnoy rayon soliq inspeksiyasida röyxatga olingandi.
Öşa paytda Hermitage Capital Management investitsiya fondi Sergey Magnitskiy auditor bölib işlagan Firestone Duncan xususiy konsalting kompaniyasi mijozi edi. Firestone Duncan uşbu investitsiya fondiga turli xizmatlar körsatib kelgan.
2007 yilga kelib iş ança kattalaşadi va Rossiya IIV xodimlari avvaliga Hermitage Capital Management kompaniyasi ofisida tintuv ötkazadi. Politsiya xodimlarini «Parfenion», «Maxaon» va «Rilend» kompaniyalari faoliyati qiziqtirardi.
Köp ötmay investitsiya fondiga xizmat körsatib kelayotgan Firestone Duncan konsalting firmasida ham tintuv ötkaziladi. Politsiya xodimlari bu yerdan fond tarkibidagi uç kompaniyaga tegişli barça hujjatlarni olib ketişadi.
Fond rahbari Uilyam Brauder jinoyatçilar fondni şu yöl bilan tortib olişga urinayotganini aytib çiqadi.
Köp ötmay «Parfenion», «Maxaon» va «Rilend» kompaniyalari Hermitage Capital Management tarkibidan yöqolib qoladi va Qozon şahrida röyxatdan ötgan «Pluton» OAJ tarkibida paydo böladi. 2007 yil kuzga kelib bu kompaniyalarning soliq idoralarida röyxatdan ötgan manzillari ham özgaradi.
Tabiiyki Firestone Duncan konsalting kompaniyasi öz mijozi bölgan fond atrofida sodir bölayotgan işlar böyiça suriştiruv ötkaza boşlaydi. Suriştiruvlar davomida Firestone Duncan’ning bir guruh xodimlari – Edurad Xayretdinov, Vladimir Pastuxov, Jyeyms Fayyerstoun va Sergey Magnitskiy fond tarkibiga kiruvçi bir qança kompaniyalar soliq organlari rahbarlari bilan til biriktirgan holda juda katta miqdordagi soliqdan qoçiş uçun uning tarkibida bölgan kompaniyalarni boşqa kompaniya tarkibiga ötkazganini aniqlaşadi.
Ular şu yöl bilan soliq organlariga tölanişi lozim bölgan jami 5,4 milliard rubl (öşa paytdagi kurs böyiça qariyb 200 million dollar böladi) miqdoridagi pullarni özlaştirgani aniqlanadi. Suriştiruvlar jarayonida Sergey Magnitskiy asosiy rolda edi.
Şundan söng Magnitskiyning boşida qora bulutlar aylana boşlaydi. Soliq organlari va boşqa manfaatdor taşkilotlar şu yöl bilan öz ayblarini yaşirib ommani çalğitişni maqsad qilişadi.
2008 yil 24 noyabr kuni Sergey Magnitskiy Hermitage Capital Management fondi rahbari Uilyam Brauderga soliqlardan qoçişda yordam berganlikda ayblanib, Moskva şahar IIB soliq jinoyatlariga qarşi kuraş boşqarmasi xodimlari tomonidan qölga olinadi.
Şu kuni Rossiya prokuraturasi qoşidagi tergov qömitasi Magnitskiyga Hermitage Capital Management fondiga nisbatan oçilgan iş doirasida soliqlardan qoçiş böyiça ayblov e’lon qiladi.
11 oy davom etgan tergovdan söng 2009 yil 16 noyabr kuni Magnitskiy Moskvadagi tergov hibsxonasida şubhali tarzda vafot etadi. Öşa yili 30 noyabr kuni unga nisbatan oçilgan jinoyat işi vafoti munosabati bilan harakatdan töxtatiladi.
Magnitskiy Hermitage Capital Management fondi tarkibidagi kompaniyalar juda katta miqdordagi soliqdan qoçiş uçun soliq idorasi rahbarlariga va yuqori lavozimli IIB xodimlariga pora bergani haqida körsatma beradi. Biroq uning bu körsatmalariga köz yumiladi.
Hibsga olişgandan söng Magnitskiy özini «garovga olingan odam» deb ataydi. Çunki uni aynan özi foş qilgan amaldorlar hibsga olgan va uning ovozini öçirişga urinişayotgandi.
Magnitskiy vafot etganidan söng hibsxona ma’muriyati avvaliga u pankreonekrozdan vafot etganini aytib çiqadi. Biroz ötib ular öz ma’lumotlarini özgartiradi va Magnitskiy ötkir yurak yetişmovçiligidan vafot etgani ma’lum qilinadi.
Magnitskiyning yaqinlari tomonidan uni takror sud-tibbiyot tekşiruvidan ötkaziş haqidagi iltimosnoma rad etiladi.
Keyinçalik hibsxona şifokorlari tomonidan Magnitskiyning ölimi böyiça tuzilgan aktda u yurak yetişmovçiligi tufayli vafot etgani qayd etilgani oydinlaşadi.
Öşanda Magnitskiyning taşxis qoğozida u orqa miya jarohati tufayli vafot etgani ham körsatilgandi. Biroq 2011 yilda hibsxona şifoxonasi tomonidan sudga taqdim etilgan aktda Magnitskiyning ölimiga orqa miya jarohati sabab bölgani haqidagi qaydlar yöq bölib qolgandi.
Advokatlarning tasdiqlaşiça, Magnitskiy hibsdaligida qiynoqqa solingan va oqibatda turli tan jarohatlari olgan. Öz vaqtida tibbiy muolaja körsatilmagani uçun vafot etgan.
Magnitskiyning ölimi Rossiyada juda katta şov-şuv keltirib çiqaradi. Inson huquqlarini himoya qiliş faollari öşa paytda Rossiya prezidenti bölib turgan Dmitriy Medvedevdan Magnitskiyning ölimi bilan boğliq işni nazoratga oliş va taftiş qilişni söraşadi.
2009 yil 24 noyabr kuni Rossiya boş prokuraturasi öz işiga sovuqqonlik va vaqtida tibbiy yordam körsatilmagani vajlari böyiça tergov hibsxonasi mutasaddilariga jinoyat işi qözğatadi.
Oradan biroz ötib Magnitskiyning ölimi yuzasidan inson huquqlari böyiça turli xalqaro taşkilotlar, şuningdek britaniyalik huquqşunoslar va AQŞ senatorlari çiqişlar qilişadi. Ular Rossiya hukumatidan Magnitskiyning ölimiga daxldor şaxslarga munosib jazo berilişini söraşadi.
Biroq Rossiyada Magnitskiyning ölimi yuzasidan biror kişi jiddiy jazo olmaydi. Şundan söng AQŞda «Magnitskiy qonuni» işlab çiqiladi. Bu qonunda nafaqat Magnitskiyning ölimi böyiça aybdorlarga, şuningdek, korrupsion işlarga aralaşgan yoki inson huquqlari buzilişiga sababçi bölgan boşqa şaxslarga ham sanksiyalar joriy qiliş nazarda tutilgandi.
«Magnitskiy qonuni»
2010 yil AQŞ senati a’zosi Benjamin Kardin AQŞ Davlat kotibi Hillari Klintondan Magnitskiyning ölimiga aloqador bölgan 60 nafar rossiyalik amaldorlarning AQŞga kirişini taqiqlaşni söraydi.
2010 yil sentabrda AQŞ Kongressi Kardinning taklifini qöllab-quvvatlab ovoz beradi. Öşa yili 16 dekabr kuni Yevroparlament ham 61 nafar rossiyalik amaldor Yevropa Ittifoqiga kirişini taqiqlaş va ularning pullarini muzlatiş böyiça rezolyutsiyani qabul qiladi.
Rezolyutsiya bandlarini bajariş YeIga a’zo bölgan davlatlarga majburiy emas, tavsiya körinişida böladi. Kimdir unga amal qiladi, boşqalari esa yöq.
AQŞdagi röyxatda 60 nafar amaldor kiritilgan bölsa, YeI röyxatida öşa 60 kişi yoniga Magnitskiy işi böyiça nohaq hukm çiqargan sudya Artur Karpov ham qöşiladi.
2012 yilda AQŞ Davlat departamenti Magnitskiy ölimiga aloqador 60 nafar rossiyalik amaldorning AQŞga kirişi taqiqlanganini e’lon qiladi.
Keyinçalik rossiyaliklarning dastlabki röyxatini Boris Nemsov va Vladimir Kara-Murza tuzib bergani oydinlaşadi.
Rossiyalik taniqli muxolifatçi Boris Nemsov Magnitskiyning ölimi bilan boğliq hodisani adolatli taftiş qilişni talab qilib ötkazgan piket.
Köp ötmay AQŞda dunyoning turli davlatlarida yirik korrupsion işlarga aralaşgan va inson huquqlari poymol qilinişiga sabab bölgan şaxslarning Amerikaga kirişini taqiqlovçi qonunga ehtiyoj borligi ma’lum böladi.
2012 yil AQŞ Kongressi taşqi işlar qömitasi «Magnitskiy qonuni» nomini olgan qonun loyihasini e’lon qiladi. 2012 yil 16 noyabr kuni uşbu qonun Kongressning quyi palatasida, 2012 yil 6 dekabr kuni Senat tomonidan tasdiqlanadi. 2012 yil 14 dekabr kuni esa prezident Barak Obama tomonidan imzolanadi va u kuçga kiradi.
Bu qonunda AQŞ moliya vazirligiga xorijiy davlatlar fuqarolari bölgan jinoyatçilar va korrupsionerlarga mustaqil ravişda sanksiyalar joriy qiliş imkoniyati beriladi. Şundan söng bir neça yil davomida «Magnitskiy röyxati»ga sobiq ittifoq respublikalari fuqarolari ham kiritib boriladi.
Keyinçalik, «Magnitskiy qonuni»ga öxşaş qonunlar boşqa davlatlar tomonidan ham qabul qilinadi. Jumladan, 2016 yil 6 dekabrda Estoniyada, 2017 yil 19 oktyabrda Kanadada, 2017 yil 21 fevralda Britaniyada, 2017 yil 25 oktyabrda Litvada, 2018 yil 8 fevralda Latviyada.
«Magnitskiy qonuni»ning Rossiyadagi aks-sadosi
2012 yil 6 noyabr kuni, bu vaqtda prezidentlikka qaytgan Vladimir Putin Rossiya mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukovni iste’foga çiqaradi. Öşanda bu qaror Serdyukov mudofaa işlarini töğri taşkil eta olmagani bilan boğliq bölgani aytiladi.
Anatoliy Serdyukov
Biroq «Novaya gazeta» naşri Serdyukov AQŞ moliya vazirligi tomonidan «Magnitskiy röyxati»ga kiritilgani uçun işdan böşatilganini yozib çiqadi.
Gap şundaki, Serdyukov soliqçilar turli kompaniyalar bilan yaşirinça kelişib budjet pulini özlaştirgan va oqibatda «Magnitskiy işi» oçilgan 2004-2007 yillarda Rossiya federal soliq xizmati rahbari bölgandi.
Bundan taşqari, «Magnitskiy qonuni» kuçga kirganidan söng Rossiya hukumati bu qonun Rossiyaning Ğarb bilan özaro aloqalariga putur yetkazişini ma’lum qiladi. Jumladan, boş vazir Dmitriy Medvedev AQŞda qabul qilingan qonunga munosib javob berilişini aytib çiqadi.
Şundan söng bir muddat AQŞdan keltirilayotgan turli mahsulotlarning Rossiyaga kiritilişi byurokratik tösiqlar orqali qiyinlaştirib qöyiladi.
Şuningdek, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov «Magnitskiy qonuni» haqida gapira turib, xuddi şunday qonun Rossiyada ham qabul qilinişini aytadi.
Rossiya hukumatidagilar esa «Ular (ya’ni amerikaliklar) öz röyxatiga neça kişini kiritsa, biz ham şunday qilamiz va AQŞ fuqarolaridan öşança odamning Rossiyaga kirişini taqiqlab qöyamiz. Agar röyxatni kengaytirişsa, biz ham kengaytiramiz» deb çiqişadi.
2012 yilda Rossiyada «Magnitskiy qonuni»ga qarşi qonun işlab çiqiladi. 14 dekabr kuni qonun loyihasi Davlat dumasi tasdiğidan ötadi, 28 dekabr kuni qonun Putin tomonidan imzolanadi va kuçga kiradi.
«Magnitskiy röyxati» kengayişi
2012 yilda amerikaliklar «Magnitskiy röyxati»ga dastlab 60 nafar rossiyalik amaldorni kiritgan bölsa, 2013 yilda AQŞ moliya vazirligi röyxatga Rossiya va Ukraina fuqarolari bölgan yana 18 kişini kiritadi. Ular orasida Rossiya boş prokuraturasi, içki işlar vazirligi va soliq xizmatining yuqori lavozimli şaxslari hamda qamoqxonalar boşliqlari, taniqli sudyalar bor edi.
Keyinçalik har yili röyxatga yangidan yangi odamlar qöşilib, u kengayib beraveradi.
2016 yilda AQŞ Kongressi «Magnitskiy qonuni»ni kengaytiriş haqidagi qonun loyihasini e’lon qiladi. Yangi qonunda «Magnitskiy röyxati»ga nafaqat sobiq ittifoq respublikalari, şuningdek, dunyoning boşqa davlatlari fuqarolarini ham kiritiş nazarda tutilgandi.
«Butunjahon Magnitskiy qonuni» deb nomlangan yangi qonun 2016 yil 24 dekabr kuni Barak Obama tomonidan imzolanadi va kuçga kiradi. Öşandan buyon AQŞ moliya vazirligi dunyoning turli davlatlarida korrupsion jinoyatlarni sodir etişda gumonlangan şaxslarni röyxatga kiritib kelmoqda.
Bu röyxatdan örin olgan şaxslarning AQŞga kirişi taqiqlanadi. Şuningdek, ularning Amerika banklaridagi pullari muzlatiladi.
«Magnitskiy röyxati»da özbekistonliklar ham bormi?
2017 yil 21 dekabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakat moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan yangi röyxatni tasdiqlaş haqidagi qarorni imzolaydi.
Unga köra, «Magnitskiy röyxati»ga Gulnora Karimova va Ğafur Rahimov ham kiritilgan. Öşa paytda AQŞ moliya vazirligi saytida «Gulnora Karimova biznes faoliyatini rivojlantiriş uçun davlat mulkini talon-toroj qilişda, kuçli uyuşgan jinoyatçilik guruhini boşqariş, bozor monopoliyasini yaratiş, poraxörlik va bosqinçilikda ayblangani» yozilgan edi.
TASS agentligiga köra, öşanda «Magnitskiy röyxati»ga Ğafur Rahimov bilan birga rossiyalik 9 nafar kriminal avtoritet deb talqin qilinadigan şaxslar – Yuriy Piçugin, Ruben Tatulyan, Olimjon Töxtaoxunov, Vladimir Tyurin, Zaxariy Kalaşov, Vasiliy Xristoforov, Qamçibek Kolbayev, Laşa Şuşanaşvili va Vladislav Leontev ham kiritilgan.
«Moliya vazirligi «qonundagi öğrilar»ni «sobiq sovet ittifoqi, Yevropa va Qöşma Ştatlarga tarqalib ketgan keng qamrovli jinoiy taşkilot» deb xarakterlaydi. Ular jumladan, «pul mablağlarini yuviş, tovlamaçilik, pora berib oğdiriş, bosqinçilik bilan şuğullanadi», deyiladi vazirlik hisobotida. Çunonçi, AQŞ hududida «qonundagi öğrilar» tomonidan yönaltiriluvçi jinoiy xatti-harakatlarga Amerika huquq-tartibot organlari tomonidan katta e’tibor qaratiladi.
«Birgina joriy yilning özida AQŞning vakolatli organlari yigirmadan oşiq kişiga, jumladan, «qonundagi öğrilar»ga zöravonlik işlatilgan jinoyatlar, firibgarlik, öğirlangan tovarlarni ayriboşlaş uçun ayblov e’lon qilgan», deb yozgan edi AQŞ moliya vazirligi.