AQŞ sobiq ittifoq respublikalari, asosan, rossiyalik yana 10 nafar kriminal avtoritet nomlarini qora röyxatga qöşdi. Bu haqda juma kuni AQŞ moliya vazirligi xabar bergan, deb yozadi TASS.
«Magnitskiy röyxati» deb ataluvçi amerikaliklarning sanksiyalari ostida Yuriy Piçugin, Ruben Tatulyan, Olimjon Töxtaoxunov, Vladimir Tyurin, Zaxariy Kalaşov, Vasiliy Xristoforov, Qamçibek Kolbayev, Laşa Şuşanaşvili, Vladislav Leontev, Ğofur Rahimov kiritilgan. Bundan taşqari, AQŞning çeklovçi çoralari Tatulyanga tegişli bölgan yoki u tomonidan nazorat qilinuvçi Soçidagi «Vesna» mehmonxonasi, şuningdek, Moskvada röyxatga olingan «Novyy Vek Media» MÇJga ham qöllaniladi.
Sönggi tilga olingan korxona «Yevroosiyo jinoiy sindikati» deb tan olingan va «butun dunyo böylab» turli jinoiy harakatlarga daxldor sanaladi, degan AQŞ moliya vazirligining xorijiy aktivlar ustidan nazorat bölimi direktori Jon Smit. Uning sözlariga köra, AQŞ moliya vazirligi Vaşington ittifoqçilari va «AQŞga tahdid solişi mumkin bölgan transmilliy jinoiy taşkilotlar moliyaviy infrastrukturasini vayron qilişga yönaltirilgan yanada kengroq strategiya» doirasida uşbu işga qöl urgan.
«Moliya vazirligi «qonundagi öğrilar»ni «sobiq sovet ittifoqi, Yevropa va Qöşma ştatlarga tarqalib ketgan keng qamrovli jinoiy taşkilot» deb xarakterlaydi. Ular jumladan, «pul mablağlarini yuviş, tovlamaçilik, pora berib oğdiriş, bosqinçilik bilan şuğullanadi», deyiladi moliya vazirligi hisobotida. Çunonçi, AQŞ hududida «qonundagi öğrilar» tomonidan yönaltiriluvçi jinoiy xatti-harakatlarga Amerika huquq-tartibot organlari tomonidan katta diqqat-eʼtibor qaratiladi. «Birgina joriy yilning özida AQŞning vakolatli organlari yigirmadan oşiq kişiga, jumladan, «qonundagi öğrilar»ga zöravonlik işlatilgan jinoyatlar, firibgarlik, ..., öğirlangan tovarlarni ayriboşlaş uçun ayblov e'lon qilgan», deb yozadi moliya vazirligi.

Foto: Mixail Japaridze/TASS
Vaşingtonning yangi qarorlari amalda Amerika fuqarolariga qora röyxatga tuşgan insonlar bilan umuman aloqa qilmaslik kerakligini anglatib, agar röyxatdagilarning AQŞ yurisdiksiyasidagi mulklari aniqlansa, ular hibsga olinişini bildiradi.
Moliya vazirligi özining qora röyxatidan ruslarning «Bratskiy krug» («Bratva») guruhini çiqargan. U va unga aloqador insonlar va kompaniyalar 2012 yilning fevralida röyxatga qöşilgan edi.


















