Moskva şahar sudi muxolifatçi siyosatçi va publitsist Vladimir Kara-Murzaga nisbatan ayblov hukmini çiqardi. 17 aprel, duşanba kuni u 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi: 7 yil - «harbiy feyklar» uçun, 3 yil - «nomaqbul» taşkilot faoliyatida iştirok etgani uçun va 18 yil - davlatga xiyonat böyiça jinoyat işi yuzasidan.
10 aprel kuni sönggi söz bilan çiqiş qilgan Kara-Murza «Rossiyani sevişini» va «heç narsadan afsuslanmasligini» aytdi. «Oxirgi sözda odatda oqlov haqida söraşadi. Jinoyat qilmagan odam uçun qonuniy hukm faqat oqlaniş bölardi. Lekin men bu suddan heç narsa söramayman. Men hukmimni bilaman... Biroq şuni ham bilingki, kun keladi, yurtimiz ustidan zulmat tarqaladi; qora rang - qora, oq rang - oq deb ataladi; ikki karra ikki tört ekani rasmiy darajada tan olinadi; uruş - bu uruş ekani oçiq aytiladi, uzurpator esa - uzurpator ekani ma’lum qilinadi; öşanda bu uruşni töxtatmoqçi bölganlar emas, balki bu uruşni qözğatganlar jinoyatçilar deb tan olinadi», dedi u.
Vladimir Kara-Murza 2022 yil 22 aprelda Moskvaning Basmanniy sudiga keltirilgandi. Sudya uni Rossiya armiyasi haqida «feyklar» tarqatganlikda ayblab, tergov izolyatoriga jönatdi. Bunga, taxminlarga köra, siyosatçining 2022 yil 15 mart kuni Arizona ştati Vakillar palatasida Ukrainadagi «turar joylar, şifoxonalar va maktablarga bomba taşlanganini» tilga olgan nutqi sabab bölgan. Hammasi bölib, Kara-Murzaga Rossiya Jinoyat kodeksining uçta moddasi böyiça ayblovlar qöyildi - Rossiya Qurolli kuçlari haqida «feyk» ma’lumotlarni tarqatiş haqidagi moddaga qöşimça ravişda, davlatga xiyonat va «nomaqbul» taşkilot faoliyatiga aloqadorlik töğrisida (siyosatçi «Otkrytaya Rossiya» harakatining koordinatori edi). Kara-Murzaning özi qöyilgan ayblovlarning birortasi böyiça ham aybini tan olmadi va unga nisbatan ta’qibni siyosiy motivga ega deb atadi.
Ayblov tomoni Kara-Murza uçun 25 yil qamoq jazosini söradi. Uning advokatlari Mariya Eysmont va Vadim Proxorov muxolifatçini aybsiz deb bilişlarini aytib, suddan uni oqlaşni söraşdi. Jarayon yopiq eşiklar ortida ötdi. Işni, boşqa narsalar qatorida, Vladimir Kara-Murzaning sa’y-harakatlari natijasida qabul qilingan «Magnitskiy röyxati» böyiça sanksiyalar kiritilgan sudya Sergey Podoprigorov körib çiqdi.

















