Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eron tankerini hibsga oldi va neftini musodara qildi
Tanker janubiy Afrika qirg‘oqlarida ushlangan.
Foto: Reuters
AQSh sanksiyalarni qo‘llash amaliyoti doirasida Eron tankerini hibsga oldi va neftini musodara qildi. Bunga javoban, Eron ham bir necha kundan keyin boshqa tankerni egallab oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, AQSh Marshall orollari bayrog‘i ostida suzayotgan Suez Rajan tankerini hibsga olib, bortidagi neftni musodara qilgan. Tanker janubiy Afrika qirg‘oqlarida ushlangan.
27 aprel kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlari Ummon ko‘rfazida Marshall orollari bayrog‘i ostidagi tanker Eron tomonidan qo‘lga olinganini ma’lum qilgan edi.
Eron rasmiylarining ta’kidlashicha, tanker Eron kemasi bilan to‘qnashib ketgan va voqea joyini tark etishga uringan. IRNA xabariga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida ekipajning bir necha a’zosi jarohatlangan, uch nafari bedarak yo‘qolgan.
Mavzuga oid
23:18 / 21.01.2026
Germaniya nega Vashingtonga qarshi chiqmadi?
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
22:11 / 21.01.2026
Bu bizning hudud – Tramp Grenlandiya haqida
21:15 / 21.01.2026