O‘zbekiston va Serra-Leone o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
28 aprel kuni Nyu-Yorkda (AQSh) O‘zbekiston bilan Serra-Leone Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Serra-Leone Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 143-davlatga aylandi.
Ikki davlat hukumati nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Serra-Leone Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Alxadji Fand Turay imzoladi.
Ushbu davlat G‘arbiy Afrikada Atlantika okeani sohilida joylashgan, Britaniya Hamdo‘stligi, IHT, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa xalqaro tashkilotlar a’zosi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning G‘arbiy Afrika davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 2022 yil 10 oktabr kuni O‘zbekiston Gayana bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.
Mavzuga oid
09:50 / 13.12.2024
“Muhojirlarimiz har qancha kamsitilsa ham, TIVdan sado yo‘q” - xorijdagi vatandoshlarni kim himoya qiladi?
16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev
14:17 / 26.11.2024
Baxtiyor Saidov yahudiy ravvinning o‘limi munosabati bilan Isroil elchisiga hamdardlik bildirdi
19:03 / 18.11.2024