“Bu lavozim vakant emas-ku” - fuqaro viloyat hokimidan vazir bo‘lishiga yordam berishini so‘radi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning qabuliga borgan fuqaro vazir bo‘lish niyatida ekanini aytib, ikki yildan beri arizalariga qoniqarli javob berilmayotganidan shikoyat qildi. U viloyat rahbaridan o‘zini aloqa vaziri lavozimiga da’vogar sifatida prezidentga tavsiya etishini iltimos qildi.
3 may kuni Bo‘ka tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqarolardan biri Toshkent viloyati hokimiga vazir bo‘lish istagida ekanini aytib, bu boradagi murojaatlaridan natija bo‘lmayotgani, shu sababli prezident bilan uchrashganda uni vazir lavozimiga tavsiya qilishini so‘radi.
“Prezidentga ikki yildan beri aloqa vaziri lavozimiga da’vogar ekanim to‘g‘risida murojaat qilib kelaman. Har safar yozganimda vazirlik faoliyatiga qanday o‘zgartirishlar kiritmoqchi ekanimni izohlab berganman”, deydi Saydulla Jo‘rayev ismli murojaatchi.
Zoyir Mirzayev erkakning so‘zlarini tinglar ekan: “Bu lavozim vakant emas-ku” deya ta’kidlagan. Vazir bo‘lish istagidagi fuqaro bunga qanday javob bergani noma’lum, chunki Toshkent viloyati hokimligining Facebook'dagi sahifasida e’lon qilingan videodan murojaat muallifining so‘zlarini eshitib bo‘lmadi.
“O‘zi amalparast emasman. Men bilan hech bo‘lmasa suhbat ham qilinmayapti. Men aloqa vazirligi bo‘lmoqchiman deb yozgan arizalarimni vazirlikning o‘ziga jo‘natishyapti. Yoki GISga (Davlat aloqa inspeksiyasining rus tilidagi qisqartmasi – tahr.) jo‘natadimi-yey. Nuqul shunaqa sansalor bo‘lib yotibdi”, deydi murojaatchi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Fuqaro bilan muloqot davomida viloyat hokimi undan prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi haqida ma’lumotga egami yoki yo‘q, uning manzilini bilish-bilmasligini so‘ragan. U tashkilot haqida ma’lumotga ega ekanini bildirgan.
Shundan so‘ng Zoyir Mirzayev viloyat hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Muzaffar Oripovni yoniga chaqirgan.
“Agentlikka Otabek Hasanov ismli yigit rahbarlik qiladi. Milliy kadrlar zaxirasini u shakllantiradi. Nomzodlarni o‘qitadi, tayyorlaydi, taqsimlaydi. Hozir viloyat hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Muzaffar Oripov sizga kerakli yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi”, degan Toshkent viloyati hokimi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Biroq fuqaro ushbu javobdan qoniqmasdan, Zoyir Mirzayevdan prezidentga o‘zini vazirlikka tavsiya qilishni so‘ragan.
“Sizdan bitta iltimosim bor, bu – shaxsiy iltimos. Uka sifatida. Prezident bilan uchrashasiz-ku, meni tavsiya qiling, iltimos. Aloqa vaziri bo‘lishga bitta da’vogar yigit bor deb ayting. Men bemalol vazir bo‘la olaman. Qancha suhbat bo‘lsa tayyorman”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 1 yanvaridan Raqamli texnologiyalar vazirligi deb nomlangan davlat organi 1955–1997-yillarda Aloqa vazirligi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu muassasa 1997–2002 yillarda Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, 2002–2012 yillarda Aloqa va axborotlashtirish agentligi, 2012–2015 yillarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, 2015–2022-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi deb yuritilgan.
Bugungi kunda Raqamli texnologiyalar vazirligiga Sherzod Shermatov rahbarlik qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi
O‘zbekiston | 21:10
-
O‘zbekiston vakili Fransiyaning «San’at va adabiyot» ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 21:07
-
Argentina prezidenti biznesmenlar bilan kechki ovqatlarda uchrashish uchun 20 ming dollargacha pul olgan - Bloomberg
Jahon | 20:58
-
Myanmada halok bo‘lganlar soni 2700 dan oshdi. Harbiy xunta vaziyatni og‘irlashtirmoqda
Jahon | 20:53
Mavzuga oid

20:01 / 10.01.2025
16 yillik rekord: eng ko‘p ishonch bildirilgan hokimlar

11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

07:30 / 21.10.2024
Vazirlarga raqamlashtirish va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlanadi

22:35 / 16.10.2024