Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 17 noyabrdagi yalpi yiğilişida Xalq ta'limi va AKT vazirliklariga rahbar nomzodini ma'qullaş masalasi körib çiqildi. Bu haqda deputat Doniyor Ğaniyev xabar qilmoqda.
«Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri lavozimiga şu kunga qadar Xalq ta'limi vaziri lavozimida işlab kelayotgan Şermatov Şerzod Xotamoviç nomzodi ma'qullandi», deyiladi xabarda.
1977 yilda tuğilgan Şerzod Şermatov Toşkent davlat texnika universiteti bitiruvçisi sanaladi (1998). U şuningdek, AQŞdagi Yyel universitetini tamomlagan (2000).
Mehnat faoliyatini 2000 yilda Moliya vazirligi Valuta iqtisod boş boşqarmasi boş iqtisodçisi lavozimidan boşlagan. Keyingi yillarda Vazirlar Mahkamasi, BMT Taraqqiyot dasturi va Özbekiston prezidenti apparatida turli lavozimlarda işlagan.
U 2012-2014 yillarda Özbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qömitasi raisi örinbosari, 2014 yildan 2016 yil noyabrigaça Toşkentdagi Inha universiteti rektori bölgan, 2016 yil noyabridan 2017 yil fevraligaça Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining birinçi örinbosari sifatida işlagan, 2017-2018 yillarda şu vazirlikka rahbarlik (v.b) qilgan.
Şermatov 2018 yilning iyunida Uluğbek Inoyatov örniga Xalq ta'limi vaziri etib tayinlangandi.
- Eslatib ötamiz, noyabr oyi boşida Özbekistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanişi bilan boğliq vaziyat ortidan AKT vaziri Şuhrat Sodiqov işdan olingandi. U 2018 yil avgustidan buyon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri lavozimida işlab kelayotgandi.













