Navbatdagi qahramonimiz bilan tuman markazidagi oşxonada tanişib qoldim. Tomarqasida yetiştirgan kartoşkani bozorda sotiş uçun olib kelgan ekan.

Bozordagi narx-navo haqida gaplaşib ötirar ekanmiz, u «Bir paytlar birovlarning puliga bölsa ham bir muddat boy bölib yaşaganman. Toşkentdagi kvartiramda vannadagi suvni pisand qilmay, magazindan qadoqlangan suv olib kelib yuvinardim», deb qoldi.

Uning gapini eşitib «Yana qaysidir maqtançoqqa duç keldim şekilli. Özing oddiy bir dehqon bölsang, Toşkentdan uy olişga senga yöl bölsin», deb öyladim.

U xayolimdan ötgan gaplarni uqib turganday «Işonmayapsiz-a?» deb kulib qöydi. Söng gap boşladi:

«Maktabni bitirganimdan söng bir neça yil hujjat topşirib öqişga kira olmadim. Şundan söng özimni ötga-çöqqa urdim, heç işim yurişmadi.

Bekor yurgan kunlarimning birida Rossiyaga quruq meva sotib keladigan qöşnimni körib qoldim. Şunda u öziga Rossiyada qöl-oyoği çaqqon yordamçi kerakligini aytib qoldi.

«Xohlasang yur, yaxşi maoş tölayman. Novosibirskdagi omborxonamga kirib çiqadigan yuklarni nazorat qilib tursang böldi. Xaridorlarga sörab kelgan mahsulotini berib, pulini olib qolasan. Sen qora iş qilmaysan, barçasini işçilar qiladi. Hisob-kitobga puxta qarab tursang böldi», dedi u.

Şundan söng qöşnim bilan Rossiyaga ketdim. Novosibirskda işim oğir emas ekan. Qöşnim aytganday Özbekistondan boradigan mahsulotlarni omborga joylaştiriş, kun davomida keladigan mijozlar bilan özaro muomala qiliş edi.

Iş menga juda ma’qul keldi. Mahsulotlarga xöjayin (qöşnimni şunday deb çaqira boşladim) narx belgilagan, xaridorlarga mahsulotlarni işçilar olib berar, mening işim faqat pul sanab oliş edi.

Xöjayin yilda 2-3 marta Novosibirskka borar, mendan hisobotlarni olib ortga qaytardi. Savdo qilingan pullar bank orqali Özbekistonga ötkazilardi.

Şu zaylda 4-5 yil işladim va Novosibirskda köplab mijozlar orttirdim. Ularning aksariyati birovning qölida işlaşimni bilmas, meni özbekistonlik tadbirkor sifatida tanişardi.

Bir gal xöjayin Novosibirskka kelganda agar ruxsat bersa endi özim alohida işlamoqçi ekanimni aytdim. U rozi böldi.

«Ança yil menga halol xizmat qilding. Xizmatingga rozi böl. Men tölagan maoşimga roziman. Alohida joy oçsang, mahsulot kerak bölsa nasiyaga berib turaman, sotib bölgaç pulini berasan»