Qirg‘izistonda to‘y va dafn marosimlarini tartibga solish taklif etildi
So‘nggi yillarda qirg‘izistonliklar turli bayram va marosimlarga haddan tashqari ko‘p mablag‘ sarflayotgani, bu esa «oila budjetiga jiddiy zarar yetkazayotgani» ta’kidlandi.

Foto: Advantour
Qirg‘izistonda dafn marosimlari, to‘y va boshqa oilaviy tadbirlarda isrofgarchilikka qarshi kurashishni taklif qiluvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi, deb xabar berdi Kloop.
Qonun loyihasi bir qator taqiqlarni nazarda tutadi:
- dafn marosimlarida mayda chorva, ot yoki qoramol so‘yish taqiqlanadi;
- marhum dafn etilgach, uch kundan so‘ng bir bosh ot yoki qoramol so‘yish bilan xotira tadbiri o‘tkazilishi mumkin;
- 7 kun, 40 kun va yillik ma’raka o‘tkazish taqiqlanadi;
- to‘yga 250 nafardan ortiq odam chaqirish taqiqlanadi va faqat bir bosh qoramol yoki ot so‘yilishi mumkin;
- kelin uzatish kechasiga 100 nafardan ortiq mehmon kela olmaydi;
- agar to‘y va qiz uzatuvi birga o‘tkazilsa, unda 350 nafardan ortiq odam taklif qilinishi mumkin emas;
- to‘y kortejiga uchtadan ko‘p bo‘lmagan mashina ruxsat etiladi va boshqa cheklovlar.
Ushbu taqiqlar buzilgan taqdirda tadbir egasini 300 ming qirg‘iz so‘mi (≈44,5 mln so‘m), muassasa egasini esa 200 ming qirg‘iz so‘mi (≈29,6 mln so‘m) miqdorida jarima solish taklif qilinmoqda.
Qonun loyihasi tashabbuskori, deputat Zamirbek Mamasodiqov so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda qirg‘izistonliklar turli bayram tadbirlariga haddan tashqari ko‘p mablag‘ sarflamoqda, bu esa «oila budjetiga jiddiy zarar yetkazmoqda». Ko‘pincha oilalar bunday tadbirlarni o‘tkazish uchun kredit olishga majbur bo‘lmoqda, bu esa halokatli oqibatlarga, jumladan, ajralishlarga olib kelyapti.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2022 yil fevralda «Jamiyatdagi ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi diniy marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda isrofgarchilikning oldini olish»ga qaratilgan farmonni imzolagan edi. 2024 yil oxirida esa davlat rahbari qabr toshlarini o‘rnatishga cheklovlar kiritdi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23
-
Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida o‘n minglab iste’molchilarni «svetsiz» qoldirdi
Jamiyat | 22:06
Mavzuga oid

16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

21:02 / 29.04.2025