Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Kiyevga bordi
Foto: Reuters
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen Kiyevga tashrif buyurdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.
"Kiyevga qaytish juda yoqimli. U yerda biz qadrlaydigan qadriyatlar har kuni himoya qilinadi. Shuning uchun bu Yevropa kunini nishonlash uchun munosib joy", - deb xabar berdi fon der Lyayyen o‘zining Twitter sahifasida.
Ursula fon der Lyayyen Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi.
Tashrif Yevropa Ittifoqi va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarning barcha jabhalariga, jumladan, uning YeIga kirish jarayoniga bag‘ishlanadi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan Bryussel fon der Lyayyenning safari, shuningdek, Ukrainaga avvalgi tashriflari tafsilotlarini oshkor etmayapti.
Avvalroq Bryussel Kiyevning 9 mayni Ukrainada Yevropa kuni sifatida belgilash haqidagi qarorini olqishlagandi.
Mavzuga oid
13:46 / 17.01.2026
FT: YeI a’zolik uchun ikki bosqichli model ustida ishlayapti
12:06 / 29.12.2025
Fon der Lyayyen: Kiyev xavfsizligi - birinchi navbatdagi shart
16:17 / 13.12.2025
YeK rahbari Trampni Yevropa demokratiyasiga aralashmaslikka chaqirdi
12:51 / 09.12.2025