21 yoşli Jahongir Uluğmurodov 2022 yilda sinfdoşlari bilan Telegram guruhga You Tube’dagi diniy qöşiq – naşida uçun havola yuborgan. Naşida Din işlari böyiça qömitaning xulosasi bilan «aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan» deb topilgan.

8 may kuni JIB Oqqörğon tuman sudida sudya Sanjar Isaqulov raisligida bölib ötgan sud jarayonida Jahongir Uluğmurodov JK 244-1-moddasi 3 qismi «g» bandida nazarda tutilgan harakatni sodir etişda aybdor deb topildi. Ayblanuvçiga JK 57-moddasi qöllanib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Jahongir Uluğmurodovning onasi prezidentga va Oliy sudga murojaat yölladi.

«Öğlim naşida nima ekanini bilmayman, qöşiq deb eşitganman, dedi»

Jahongir Uluğmurodovning onasi

Men Jahongirning onasi Umarova Gulçehra bölaman. Öğlim universitetda öqiydi. U oilada eng katta farzandim, bolam unaqa yomon bola emas. Bolamga işonaman, u mening ğururim. Kuz oylari edi, «voyenkomat»dan ikkita bola kelib, «öğlingiz armiyaga borişi kerak» deb aytgandi. Öğlim institutda öqiydi, deganimdan keyin, «institutdan qoğoz qilib kelinglar», deyişdi.

Özim kasalxonada, dadasi esa obodonlaştirişda işlaydi. Kuz örtalari edi, smenadan qaytdim. Men uxlab yotganimda bolalarim uyğotdi, ikki odam keldi deb. Çiqsam, «Jahongir sizning öğlingizmi?» deyişdi. Ular özini taniştirdi va daçada öğrilik bölgan deyişdi. Mening öğlim unaqa bola emas, u öqiydi, işlaydi, keçqurun keladi, deb aytdim. Ular esa «öşa yerda Jahon, Jahon, deb baqirişgan, mahalladagi hamma Jahongirlarni terib ketyapmiz», dedi. Öğlimga telefon qilib, daçada öğrilik bölgan ekan, çaqiryapti deb aytdim. Furqat degan bolaga aytdim, bolamni keçgaça uşlab turmanglar, javob berib yuboringlar, deb.

Öğlim işda edi, özi ular aytgan joyga boradigan böldi. Ketişdi, bu orada men juda köp telefon qildim, lekin heç kim javob bermadi. Soat 12 larga yaqin örtoğining onasi keldi-da, «öğlingiz nima qilib qöyganini bilasizmi?» deb ança janjal qildi. Içkariga olib kirdim, nima ekanini hatto tuşunmay qoldim. Ular «naşida, naşida» deb aytişadi. Men hatto naşida nima ekanini bilmayman, u naşida degani qöşiq, şe’r degani ekan.