17 iyul kuni Toşkent viloyat sudida sinfdoşlariga YouTube'dagi naşida (diniy aşula) havolasini yuborgani uçun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan 21 yoşli Jahongir Uluğmurodov işi böyiça apellyatsiya sudi yakunlanib, dastlabki hukm özgarişsiz qoldirilgandi. 

Oliy sudning jamoatçilik bilan aloqalar bilan markazi rahbari Aziz Obidovning ma’lum qilişiça mazkur ajrim ustidan Oliy sudining Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida şikoyat berilişi mumkin.

Iş Oliy sudda kassatsiya tartibida körilsa mahkumga nisbatan bir munça yengil jazo tayinlaniş ehtimoli yöq emas, deb hisoblamoqda iş tafsilotlaridan yaqindan xabardor manba.

Bundan taşqari, Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, joriy yilda 2 marta afv e’lon qilinişi kutilmoqda. Ularning biri Mustaqillik bayramiga va yana biri Konstitutsiya kuni arafasida bölişi mumkin.

Aytilişiça, Jahongir Uluğmurodov kabi qilmiş sodir etgan şaxslar mazkur afvga tuşişi va jazodan ozod etilişi mumkin.

Xabar yangilandi: Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, 19 iyul kuni Jahongir Uluğmurodovning ota-onasi va advokati Oliy sudga borgan holda, kassatsiya arizasini kiritgan.