Uzoq davom etgan sud tergovi tugab, tomonlar muzokaraga kirişgan. Jahongir Uluğmurodovning yaqinlari va advokatlari suddan hukmni bekor qilib, yoş yigitni bevosita sud zalining özida darhol ozod qilinişini söramoqda.

Ma’lum bölişiça, sudda davlat ayblovini Toşkent viloyat prokuraturasining jinoiy sudlarda prokuror vakolatini ta’minlaş bölimi boşliği Ğayrat Tölakov oldinga surmoqda.

Sud jarayonlarida qatnaşayotgan Kun.uz muxbiriga köra, iş yuzasidan navbatdagi sud majlisi 17 iyul kuni bölib ötadi. Şu kuni sud qaror çiqariş uçun maslahatxonaga kirişi kutilmoqda.

Sud jarayonlari oçiq bölayotganiga qaramay, prokuror rozilik bermagani tufayli sudya jarayonni tasvirlarga olinişiga ruxsat bermagan.

Eslatib ötamiz, 2023-yil 8 may kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining 2-bosqiç talabasi, 21 yoşli Jahongir Uluğmurodov 3 yilga qamaldi.

U 2022 yilda sinfdoşlari a’zoligidagi Telegram-guruhga YouTube'dagi diniy qöşiq – naşida uçun havola yuborganlikda ayblanmoqda. Sönggi vaqtlarda bunday “ayblovlar” bilan qamalayotgan yoşlar soni ortib bormoqda. Bu jamoatçilikda turli savollar va havotirlar uyğotmoqda.