17 iyul kuni Toşkent viloyat sudida Jahongir Uluğmurodov işi böyiça berilgan apellyatsiya şikoyatlariga asosan apellyatsiya tartibida körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni yakunlandi.

Sud jarayonlaridan qatnaşgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Toşkent viloyat sudi JIB sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining ajrimi bilan birinçi instansiyasining çiqargan hukmi özgarişsiz, şikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Ayblanuvçi va uning yaqinlarida ajrim ustidan Oliy sudning Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida şikoyat beriş yoki protest keltiriş huquqi mavjud.

Işda himoyaçi sifatida qatnaşayotgan advokat Abdumalik Abdullayev sudlov hay’ati öz ajrimi yuzasidan izoh berişni xohlamagani hamda sud zalini tezda tark etganini yozib qoldirdi.

Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining talabasi hisoblangan Jahongir Uluğmurodov2023 yil yil 8 may kuni JIB Toşkent viloyati Oqqörğon tuman sudi tomonidan JK 244-1-moddasi 3 qismi “g” bandida nazarda tutilgan harakatni sodir etişda aybdor, deb topilgan. Unga JK 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlaş) qöllanib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi.