Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, birinçi instansiya sudi jazoni yengillaştiruvçi holatlarni hisobga olgan bölsada, iş holatlariga, uning sodir etgan jinoiy qilmişi, özining şaxsi va sodir etilgan ijtimoiy qilmişga nisbatan keyingi munosabatlariga yetarliça e’tibor qaratmasdan, J. Uluğmurodovni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatiş mumkin emas, deb ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq jazo tayinlagan. 

“Jinoyat-protsessual kodeksining 509-9-moddasi (kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari) da kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat işini körib çiqişda birinçi instansiya sudining hukmini va apellyatsiya instansiyasi ajrimini özgartiriş töğrisida ajrim qabul qilişga haqli ekanligi belgilab qöyilgan.

Şu sababli kassatsiya sudlov hay’ati, iş böyiça J. Uluğmurodovga nisbatan çiqarilgan sud qarorlarini özgartirib, uning yoşligi, talaba ekanligi, muqaddam sudlanmagani, öqiş joyidan ijobiy tavsiflangani, oilaviy şaroiti, qilmişidan puşaymonligi, şuningdek jinoyat sodir etgandan keyingi xulq-atvori kabi holatlarni e’tiborga oldi.

Şu tariqa Oliy sud Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023 yil 28 iyuldagi ajrimiga muvofiq J. Uluğmurodovga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirilib, unga Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan uşbu Kodeksning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlaş) ni qöllagan holda 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi”, - deyiladi Oliy sud bayonotida.

Uluğmurodovning qamoqda saqlangan davri çegirilib, ötaş uçun 2 yil 6 oy 26 kun ozodlikni çeklaş jazosi qoldirildi. U ozodlikni çeklaş jazosini yaşaş joyi böyiça ötaydi: soat 22:00 dan soat 06:00 ga qadar yaşaş joyidan çiqiş taqiqlandi. Şuningdek, Oliy sud ajrimi bilan Jahongir darhol jazoni ijro etiş joylarida qamoqdan ozod qiliş belgilandi.

Advokat A. Abdullayevning himoyasi ostidagi J. Uluğmurodovni oqlaş haqidagi şikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Jahongir Uluğmurodov sinfdoşlariga YouTube'dagi naşida (diniy aşula) havolasini yuborgani 2023 yil yil 8 may kuni JIB Toşkent viloyati Oqqörğon tuman sudi tomonidan JK 244-1-moddasi 3 qismi “g” bandida nazarda tutilgan harakatni sodir etişda aybdor, deb topilgan. Unga JK 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlaş) qöllanib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan edi.