Rossiyaga borgan mehnat migrantlari soni bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda
2023 yilning dastlabki 3 oyida 630 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun borgan.
2023 yilning birinchi choragida Rossiyaga ishlash maqsadida deyarli 1,3 million xorijlik kirdi. Ularning deyarli yarmi o‘zbekistonliklardir. Bu haqda Rossiya davlat statistika portali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-mart oylarida Rossiyaga eng ko‘p mehnat migrantlari quyidagi davlatlardan borgan:
- O‘zbekiston – 630 859 kishi;
- Tojikiston – 349 357;
- Qirg‘iziston – 172 591;
- Armaniston – 47 337;
- Qozog‘iston – 34 783;
- Ozarboyjon – 28 690;
- Xitoy - 10 528.
Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi choragida Rossiyaga borgan mehnat migrantlari soni qariyb 1,3 million kishi. Bu o‘tgan yilning dastlabki uch oyidagi ko‘rsatkichlardan 1,6 barobar ko‘pdir.
2022 yil davomida Rossiyaga ishlash uchun 3,5 millionga yaqin chet el fuqarolari kelgan bo‘lsa, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar amalda bo‘lgan 2021 yilda bu ko‘rsatkich 2,6 millionni tashkil etgan.
2022 yilda Markaziy Osiyoning deyarli barcha respublikalari ro‘yxatning yuqori qismidan joy olgan edi: O‘zbekiston – 1,45 milliondan ortiq, Tojikiston – deyarli 987 ming, Qirg‘iziston – 562 mingdan ortiq va Qozog‘iston – 164 mingga yaqin.
Mavzuga oid
21:12 / 20.11.2024
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun patent narxi 30 foizga oshadi
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024