Jahon | 08:15 / 12.05.2023
6070
2 daqiqa o‘qiladi

Borrel: Ukrainaning g‘alabasi - bizning ustuvor vazifamiz

Yevropa Ittifoqi bosh diplomati nima uchun Putin bilan muzokaralar olib borishning iloji yo‘qligini, hozir butun erkin dunyoning asosiy ustuvor yo‘nalishi nima ekanligini va Yevropa Ittifoqining davlatlari mudofaa uchun necha milliardlab mablag‘ ajratmoqchi ekanini tushuntirdi.

Foto: AP

Agar ittifoqchilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, u erkin, mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lishni to‘xtatadi, dedi 11 may, payshanba kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel.

"Ular menga: Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni bas qilinglar, o‘shanda muzokaralar boshlanadi va tinchlik keladi, deyapti, - dedi u Bryusselda bo‘lib o‘tgan mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha Yevropa sammitida. - Yaxshi, mayli! Agar biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsak, Rossiya bosim o‘tkazadi, urushda g‘alaba qozonadi, Kiyevni bosib olish Ukrainani ikkinchi Belarusga aylantiradi, Polsha bilan chegarada rus qo‘shinlari bo‘ladi, bizning ishonchsizlik kuchayadi va Ukraina bo‘lmaydi".

Uning ta’kidlashicha, G‘arb yetakchilari prinsipial jihatdan tinchlik muzokaralariga tayyor, ammo u Kremlga borgan va Vladimir Putin bilan gaplashganlarning barchasi "bir xil javob bilan qaytgani"ni aytdi: "Mening harbiy maqsadim bor va hozircha unga yetmagunimcha, men davom etaman". Borrel ushbu urushning tabiatiga e’tibor berishga chaqirdi: "Bu tinch aholini muntazam bombardimon qilish, muntazam ravishda yo‘q qilishdir, bir armiya boshqasiga qarshi kurashmayapti".

Putin bu urushda g‘alaba qozona olmaydi, dedi Borrel. "Bu bizning eng muhim majburiyatimiz. Shaxsan mening, butun Yevropa Ittifoqi va butun erkin dunyoning. Dunyo u yerda nima bo‘layotganini tushunishi kerak va bu boshqa jang - diplomatik, xuddi harbiy kabi muhim narsa", - dedi u.

Mavzuga oid