O‘zbekiston hududiga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda
Bugun Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Foto: Kun.uz
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Havo harorati kunduzi +27...+32 darajani tashkil etadi.
Ertaga mamlakat hududining katta qismida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15...+20 darajani, kunduzi +27...+32 darajani tashkil etadi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo ochiq, quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublika shimoliy hududlari bo‘yicha momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Havo harorati kechasi +13...+18 darajani, kunduzi +30...+35 darajani tashkil etadi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘irlar yog‘adi, 12-13 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi.
Poytaxtda bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroz shamol esadi, bugun shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bugun kunduzi +27...+29 darajani tashkil etadi, ertaga kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +27...+29 daraja, yakshanba kuni kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +30...+32 daraja bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi
Jahon | 16:20
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
-
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi
Jahon | 16:11
-
«Vajnyye istorii»: Serbiya Kremlga yaqin shaxslarga fuqarolik beryapti
Jahon | 16:03
Mavzuga oid

13:39 / 14.04.2025
Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

18:30 / 13.04.2025
14 aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

21:09 / 12.04.2025
Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

21:37 / 11.04.2025