Xöş, Islom Karimov sobiq ittifoq, kommunistik tizim haqida qanday fikrda bölgan?
1991 yilgaça: ehtiyotkor va siyosiy huşyor
Albatta, Islom Karimov sovet jamiyatida ulğaygan va partiya safida yillar davomida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan kişi edi. Jumladan, u siyosiy pillapoyalardan kötarilişni Özbekiston SSR Davlat reja qömitasi (Gosplan)dan boşlagan va rahbarning birinçi örinbosari darajasiga yetgan.
1983-86 yillarda respublika moliya vaziri, keyinçalik Gosplan rahbari, Qaşqadaryo oblasti obkomi bölgan Islom Karimov 1989 yilda mojarolar girdobiga qolgan Özbekistonni Rafiq Nişonovdan qabul qilib oladi.
Islom Karimov respublika boşqaruvini qölga olganda, SSSR sönggi nafaslarini olayotgan, Boltiqböyi davlatlari allaqaçon mustaqillik e’lon qilişga tayyor edilar. Garçi 1990 yil 24 martda özini Özbekiston SSR prezidenti sifatida e’lon qilgan bölsa-da, Karimov ittifoqdan uzil-kesil ajralib çiqişga şoşmadi.
1991 yilda jurnalistlar qarşisidagi Karimov quyidagi gaplarni aytadi:
“Mustaqillikka erişiş uçun, aytaylik, hali qança-qança qovun pişiği bor. Qança azoblar bor, qança qurbonlar berişimiz kerak. Ziyolilar tuşunadi, kim öz xohişi bilan koloniya darajasida (!) bölgan, xomaşyoni tekinga sotib beradigan respublikani topşiradi? Kim, bormi şunaqasi?! Tarixda bunaqasi bölmagan...”
Sobiq ittifoq qulaşining “karimovça versiya”ga köra, mazkur voqeaga tizimning özi aybdor.
“SSSR qulaşiga taşqaridan ham ta’sir bölgan. Ammo bunga tizimning özi boş aybdor edi. Şafqatsizlik asosiga qurilgan tizim rivojlanişni kötara olmasdi. Sobiq ittifoqda barçasi davlat manfaatlariga böysundirilgandi. Davlatlar nima sababdan tuziladi? Inson manfaatlari uçun emasmi?! Şu sababdan insonlar taşqi dunyodagi holatni körgandan keyin, gapirişni boşlaşdi. Ularda fikrlaş imkoniyati paydo böldi.
Bu borada Gorbaçyovning donişmandligi, sabri, tolerantligiga tan beriş kerak. U SSSRni saqlab qoliş uçun totalitar tuzumning sönggi çoralarini işga solmadi. U mutlaqo haq edi”, deydi Islom Karimov History Lab'ga bergan intervyusida.
Post-sovet davlatlari integratsiyasi tarafdori
Sobiq ittifoq mavjudligiga sönggi nuqtalardan biri qöyilgan, MDH e’lon qilingan 1991 yil dekabrda Olmaotada bölib ötgan yiğilişda Islom Karimov taşkilot a’zolari örtasida yagona fuqarolik va integratsiyani taklif qilib çiqqan.


















