G7 yetakchilari Xiroshima sammitini Tinchlik bog‘iga tashrif bilan ochib berdi
«Katta yettilik» mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari Yaponiyadagi sammitni Xiroshimaga tashlangan atom bombasi qurbonlari xotirasiga gul qo‘yishdan boshladi.
19 may, juma kuni ertalab Xiroshimada G7 sammiti ochildi. Rasmiy dastur 1945 yilda Amerika atom bombasi portlashi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan Tinchlik bog‘iga tashrif bilan boshlandi.
Tadbir dasturida portlash qurbonlari va jabrdiydalari xotirasiga bag‘ishlangan ekspozitsiya taqdim etilgan Tinchlik muzeyiga tashrif ham bor edi. G7 prezidentlari va hukumat rahbarlari tashrif buyuruvchilar kitobiga yozuvlar qoldirishgan. Shundan so‘ng «Katta yettilik» yetakchilari yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bundan tashqari, Tinchlik bog‘ida daraxt ekish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Germaniya federal kansleri Olaf Shols Yaponiyaga kelganida Xiroshima «biz dunyo tinchligi va xavfsizligi uchun mas’ul ekanligimizni eslatadi», dedi.
Ukrainadagi urush 21 may, yakshanbaga qadar davom etadigan muzokaralarning asosiy mavzusidir. Dunyoning yetti yirik demokratik sanoat davlati – AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada yetakchilari hamda Yevropa Ittifoqi vakili Rossiyaga Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi uchun yangi sanksiyalarni muhokama qiladi.
«Katta yettilik»ning barcha a’zolari yangi sanksiyalar joriy etishga va eksport nazoratini kuchaytirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hamkorlar nima qilayotgani haqida batafsil gapirmayman, ammo Qo‘shma Shtatlar o‘zining muhim chora-tadbirlar paketini taqdim etadi», - deydi AQShning yuqori martabali vakili. Xususan, G7 davlatlari dunyoda eng yirik olmos ishlab chiqaruvchi davlat - Rossiyadan ishlov berilmagan olmos eksportini cheklash choralarini joriy etish niyatida.
Davlat va hukumat rahbarlari Ukrainaga keyingi harbiy yordamni ham muhokama qiladi. Shu tariqa, Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Sharl Mishelning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv mavzularidan biri Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘ladi.
Yakshanba kungi sammitda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etadi.
Mavzuga oid
10:50 / 26.10.2024
G7 Kiyevga RF aktivlaridan mablag‘ ajratish tartibini hal qildi
11:10 / 25.10.2024
G7 davlatlari Ukrainaga 50 mlrd dollar ajratish majburiyatini oldi
12:50 / 24.10.2024
Zelenskiy G7'ga Ukrainaga ko‘p milliardlik yordam uchun minnatdorchilik bildirdi
09:00 / 21.10.2024